Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida matematikadan xalqaro baholash tizimlari fanini chuqur o‘rganish va amaliy ahamiyatini keng miqyosda joriy etish maqsadida tahlil qilingan. Ushbu maqolada matematika ta’limida adaptiv test tizimlarining nazariy asoslari, tuzilishi va amaliy ahamiyati yoritiladi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga chuqur kirib borishi natijasida o‘quvchilarning bilim darajasini aniq, tez va individual baholashga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. An’anaviy testlar ko‘pincha baholashning ishonchliligini ta’minlay olmasa, adaptiv testlar o‘quvchining javobiga qarab topshiriq murakkabligini avtomatik ravishda moslashtiradi va shu orqali bilim darajasini aniq o‘lchash imkonini beradi. Maqolada Item Response Theory (IRT), Computerized Adaptive Testing (CAT) algoritmlari hamda ular klassik test nazariyasi (CTT) bilan taqqoslanadi. Shuningdek, F. Lord, G. Rasch, Wainer, Mislevy, van der Linden kabi xorijiy olimlar hamda B.S. Blum, S. Deakin, R.K. Woodlardlarning matematik adaptiv baholash bo‘yicha ilmiy ishlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston tajribasi, xususan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Milliy baholash markazi tashabbuslari ham yoritiladi. Tadqiqotda matematika fanida adaptiv testlardan foydalanishning afzalliklari – diagnostik aniqlikning oshishi, topshiriqlarni moslashtirish orqali o‘quvchining ortiqcha ruhiy yuklanishini kamaytirish, baholash vaqtining optimallashuvi hamda o‘quvchilarning qobiliyat darajalarini farqlash imkoniyati – asoslab beriladi. Adaptiv test topshiriqlarini tuzish prinsiplari, murakkablik darajalari bo‘yicha tasniflash va algoritmlarning ishlash jarayoni batafsil tushuntiriladi.
| Mualliflar | Abdullayeva, Ma’rifatxon |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон университети хабарномаси |
| Nashr sanasi | 2025-11-10 |
| Jild | 16 |
| Betlar | 69-70 |
| Til | Ingliz |
Xalqaro baholash, PIZA, SAT, adaptive test, matematikada baholash tizimlari.
Ushbu maqolada muhim iqtisodiy tarmoqlardan biri bo‘lgan xizmatlar sohasini rivojlantirishda, xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan tahlil jarayonlaridan bir bo‘lgan omilli tahlil…
Ushbu maqolada barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid dalillar va ularning nazariy asoslarini keltirgan. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga…
Мақолада Ўзбекистон Республикаси электр энергетикаси соҳасининг ҳозирги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари таҳлил қилиниб, мустақиллик йилларидан буён энергетика соҳасида амалга оширилган ислоҳотлар ва эришилган ютуқлар…
Maqolada badiiy tarjima nazariyasining uch asosiy yo‘nalishi qisqacha tahlil qilinadi: ekvivalentlikka asoslangan lingvistik yondashuvlar, funksional va skoposga yo‘naltirilgan konsepsiyalar hamda “madaniy burilish”…
Maqola nutq buzilishlarining shakl va turlari, ularni aniqlash mezonlari hamda nutq buzilishlarining zamonaviy tasnifi, ularning lingvistik, psixologik va nevrologik omillar bilan bog‘liqligi hamda bolalar va kattalar…
Ushbu maqolada kichik yoshdagi, erta va kech kar bo‘lgan bolalarda koxlear implant protsessorini sozlash jarayonining audiologik va pedagogik xususiyatlari tahlil qilindi. Sozlashning dastlabki bosqichlarida bolalarning…
Ushbu maqolada duduqlanishning kelib chiqish omillari, uning anatomo-fiziologik hamda sotsial-ruhiy sabablariga oid ilmiy qarashlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Duduqlanishning paydo bo‘lishida irsiyat, markaziy…
Maqolada pragmatik lakunalar nutq odatlari, illokutiv kuch va iltifot me’yorlari darajasidagi nomuvofiqliklar sifatida talqin etiladi. Tadqiqot Grice kooperativ prinsipi va implikatura nazariyasi, Brown va Levinsonning…
Ushbu maqolada mаktаbgаchа yоshdаgi eshitishidа nuqsоni bо‘lgаn bоlаlаrning ruhiy rivоjlаnish xususiyаtlаri, mаktаbgаchа tаrbiyа yоshidа tа’lim-tаrbiyа sаmаrаli tаshkil etilishi orqali bоlаlаr kо‘rish, eshitish…
Ushbu maqolada O‘zbekiston shaharlari ekoturizmida raqamli egizak (digital twin) texnologiyalarning iqtisodiy imkoniyatlari yoritilgan. Turizm infratuzilmasini virtual muhitda modellashtirish orqali ekologik va…