Tijorat banklarida ipoteka kreditlash amaliyotining huquqiy asoslari

Mardiyev, Akrom Djumaboyevich

Қўқон университети хабарномаси · 2024-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada tijorat banklarida ipoteka kreditlash amaliyotining huquqiy asoslari batafsil tahlil qilinadi. Ipoteka kreditlash tizimi tijorat banklarining asosiy moliyaviy xizmatlaridan biri bo‘lib, mamlakat aholisini uy-joy va boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ipoteka kreditlash tizimini huquqiy bazasidagi kamchiliklarni o‘rganish imkoniyatini beradi. Maqolaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ipoteka kreditlash bo‘yicha asosiy qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish va ushbu sohadagi muammolarni aniqlashdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin aholini ijtimoiy himoyalash, arzon uy joy bilan ta’minlash mamlakat hukumati oldida to‘rgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Ipoteka kreditlash jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uning huquqiy bazasini yaratish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ipoteka kreditlash jarayoni huquqiy asosini jarayon qatnashchilari huquq va majburiyatlarini belgilab berish va himoya qilishdan iboratdir. Mamlakatimizda ipoteka kreditlash jarayonini tashkil etishda dastlabki qadamlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9 dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-son Qonuni va 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-son Qonunilarida qo‘yildi. Ushbu Qonunlarning ishlab chiqilishi nafaqat davlat tomonidan ipoteka kreditlash jarayonini tartibga solinishiga, balki ijtimoiy hayotni yaxshilashga xizmat qildi. Qonunlarda ipoteka kreditlash jarayoni qatnashchilari huquq va majburiyatlari, kreditlash shartlari, garov tushinchasi yoritib berildi. Xususan, aholi soni uy-joyga bo‘lgan talabni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda aholi sonining 1 foizga ko‘payishi uy-joyga bo‘lgan talabning 0,8 foizga ortishiga olib keladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMardiyev, Akrom Djumaboyevich
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2024-09-30
Jild12
Betlar53-55
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Tijorat banklari, tadbirkorlik sub’ektlari, bazaviy stavka, yuqori daromad, transparensiya, moliyaviy mudofaa;

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMardiyev, Akrom Djumaboyevich (2024). TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI. Қўқон университети хабарномаси, 12, 53-55. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/988
GOST (OAK)Mardiyev, Akrom Djumaboyevich TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI // Қўқон университети хабарномаси. – 2024. – T. 12. – B. 53-55.
MLAMardiyev, Akrom Djumaboyevich. “TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI.” Қўқон университети хабарномаси, 12, 53-55, 2024. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/988
ChicagoMardiyev, Akrom Djumaboyevich. “TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI.” Қўқон университети хабарномаси, 12, 53-55 (2024). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/988
HarvardMardiyev, Akrom Djumaboyevich (2024) ‘TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI’, Қўқон университети хабарномаси, 12, 53-55. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/988
BibTeX
@article{mardiyevakromdjumaboyevich2024,
  title = {TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI},
  author = {Mardiyev, Akrom Djumaboyevich},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2024},
  volume = {12},
  pages = {53-55},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/988}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari