Preeklampsiyada (PE) endotelial disfunksiya va poliorgan yetishmovchiligini aks ettiruvchi biokimyoviy markerlar - C-reaktiv oqsil (CRP), laktatdegidrogenaza (LDG), mochevina va kreatininning trimestrlar bo‘yicha dinamikasi o‘rganildi. Material va usullar. Prospektiv tadqiqotga 102 nafar homilador ayol jalb etildi: nazorat guruhi (n=30), erta tashxislangan va majmuaviy davolash olib borilgan guruh (n=32) va erta tashxislanmagan guruh (n=40). CRP, LDG, mochevina va kreatinin fermentativ hamda immunoturbidimetrik usulda trimestrlar kesimida aniqlandi. Ma’lumotlar SPSS 26.0 da ANOVA va Kruskal–Uollis mezonlari bilan qayta ishlandi; p<0,05 ishonchli deb qabul qilindi. Natijalar. Barcha markerlar 3-guruhda eng yuqori bo‘ldi. III trimestrda 3-guruhda CRP 32,9±3,8 mg/l (nazoratga nisbatan 5,2 baravar), LDG 648,9±34,0 ED/l (2,88 baravar), mochevina 7,1±0,6 mmol/l (2,4 baravar), kreatinin 107,4±5,4 mkmol/l (2,0 baravar) gacha oshdi (p<0,05). LDG ning 400 ED/l dan oshishi to‘qima gipoksiyasi va gemolizdan, kreatininning 100 mkmol/l dan oshishi buyrak disfunksiyasidan dalolat berdi. Davolangan 2-guruhda barcha markerlar ishonchli darajada pastroq bo‘ldi (p<0,05). Xulosa. CRP, LDG, mochevina va kreatininni majmuaviy va dinamik baholash PE og‘irligini aniqlash hamda HELLP-sindrom va poliorgan yetishmovchiligini erta bashorat qilishda muhim klinik ahamiyatga ega.
| Mualliflar | Sharipova, Shaxnoza |
|---|---|
| Jurnal | Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали |
| Nashr sanasi | 2026-08-26 |
| Jild | 2 |
| Son | 4 |
| Betlar | 301-308 |
| Til | Ingliz |
preeklampsiya, C-reaktiv oqsil, laktatdegidrogenaza, mochevina, kreatinin
Актуальность темы: Оптимизация хирургических методов в зависимости от типа и стадии (острая, хроническая) повреждений латерального мениска коленного сустава и энтезопатии сухожилия подколенной мышцы позволяет улучшить…
Загрязнение атмосферного воздуха мелкодисперсными частицами PM2.5 и потребление табака являются двумя ведущими факторами риска глобального масштаба, комбинированное воздействие которых наносит существенный ущерб…
Barberry (Berberis vulgaris L.) is a medicinal plant belonging to the family Berberidaceae and is widely recognized as a valuable source of biologically active isoquinoline alkaloids. The present study aimed to analyze…
This article addresses the improvement of outcomes of plate-and-screw osteosynthesis for intra-articular calcaneal fractures. Intra-articular fractures involving the subtalar joint are complex injuries associated with…
Ushbu maqola OIV infeksiyasining hozirgi epidemiologik tavsifiga va uning yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari (YNYI), xususan, rinit, nazofaringit, sinusit, faringit, tonzillit va laringit bilan bog‘liqligiga…
This article discusses the diagnostic assessment of pathological changes in the nasal cavity and paranasal sinuses in children with cystic fibrosis using modern radiological imaging techniques. Impaired mucociliary…
Gepatotsellyulyar karsinoma (GSK) jigar xavfli o‘smalarining eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, ko‘p hollarda surunkali virusli gepatit B va C infeksiyalari fonida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarda klinik…
Koronar mikrotomirli disfunksiyaning (KMD) epidemiologiyasi, patofiziologik asoslari, zamonaviy invaziv va noinvaziv diagnostika usullari, diagnostik va prognostik ahamiyatga ega biomarkerlari hamda davolash…
Железодефицитная анемия (ЖДА) осложняет до 40–60% беременностей и связана с повышенным риском преэклампсии, обусловленным окислительным стрессом и эндотелиальной дисфункцией. Целью исследования была оценка эффективности…
Noalkogol jigar yog'li kasalligini (NJYK) erta va kam invaziv usullar bilan tashxislash zamonaviy gepatologiyaning hal etilmagan muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu maqolada qon zardobidagi seramid…