TISH PULPASINING YALLIG‘LANISHLI SHIKASTLANISHLARINI DAVOLASH VA OLDINI OLISHDA BIOLOGIK HAMDA REGENERATIV ENDODONTIYA KONSEPSIYALARINING ZAMONAVIY ILMIY ASOSLARI

Жумаев С.Ю.

Журнал медицина и инновации · 2026-yil

Annotatsiya

Tish pulpasining yallig‘lanishli patologiyalari, jumladan pulpit, hozirgi kunda terapevtik stomatologiyaning eng dolzarb va muhim muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasallikning keng tarqalganligi, kuchli og‘riq sindromi bilan kechishi hamda qisqa muddatda og‘ir asoratlar rivojlanish xavfi mavjudligi an’anaviy davolash yondashuvlarining samaradorligini qayta baholash zaruratini yuzaga keltirmoqda. So‘nggi yillarda pulpitni davolash va profilaktikasiga oid ilmiy qarashlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilib, pulpani to‘liq olib tashlashga asoslangan radikal usullardan uning hayotchanligini maksimal darajada saqlab qolishga yo‘naltirilgan biologik va regenerativ endodontiya konsepsiyalariga bosqichma- bosqich o‘tish tendensiyasi shakllanmoqda.Mazkur maqolada pulpit rivojlanishining zamonaviy patogenetik jihatlari, yallig‘lanish jarayonlarining molekulyar-biologik mexanizmlari hamda pulpa-dentin kompleksining regenerativ imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tizimli ravishda tahlil qilindi. Biokeramik materiallar, biofaol preparatlar, minimal invaziv davolash texnologiyalari va regenerativ endodontiya usullarining klinik amaliyotdagi samaradorligi va ustun jihatlari yoritib berildi. Shuningdek, pulpitni oldini olishda erta tashxis qo‘yish, bemorlarning individual xavf omillarini aniqlash va kompleks profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashning muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.O‘tkazilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, biologik va regenerativ davolash yondashuvlari an’anaviy endodontik usullarga nisbatan tish pulpasining hayotchanligini saqlab qolish, asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda sezilarli ustunliklarga ega. Ushbu yondashuvlarni amaliy stomatologiyada keng joriy etish pulpitni davolash va profilaktikasida samarali natijalarga erishish imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarЖумаев С.Ю.
JurnalЖурнал медицина и инновации
Nashr sanasi2026-04-29
Jild1
Son21
Betlar34-40
TilRus

Kalit so‘zlar

pulpit, tish pulpasining yallig‘lanishi, biologik endodontiya, regenerativ endodontiya, biokeramik materiallar, vital davolash, profilaktika.

Ilmiy soha

Журнал медицина и инновации jurnalidan boshqa maqolalar

Журнал медицина и инновации — barcha maqolalar