Klebsiella pnevmoniyasi, qiyin tuzaluvchi pnevmoniyaning ahamiyati

Yodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh.

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada global sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy tahdid hisoblangan Klebsiella pneumoniae bakteriyasining antibiotiklarga chidamli shakllari, xususan, ko‘p dori-darmonlarga chidamli (MDR), keng dori-darmonlarga chidamli (XDR) hamda davolash qiyin bo‘lgan rezistent (DTR) shtammlarining tarqalishi, patogenezi va davolash usullari tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa karbapenemga chidamli Klebsiella pneumoniae (CRKP) shtammlari (masalan, KPC-2 va NDM-1 genlarini tashuvchi shtammlar) klinik amaliyotda katta muammo tug‘dirmoqda va o‘lim ko‘rsatkichining sezilarli oshishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada bakteriyaning virulentlik omillari, jumladan FimH adgezin tizimi, kapsulyar polisaxaridlar va sideroforlar (aerobaktin, salmoxelin) orqali patogenlik mexanizmlari yoritildi. Shuningdek, klassik (cKP) va gipervirulent (hvKP) shtammlar o‘rtasidagi farqlar hamda ularning genetik xususiyatlari tahlil qilindi. Davolash usullari sifatida an’anaviy antibiotik terapiyasi (kolistin, tigetsiklin, seftazidim-avibaktam, sefiderokol) bilan bir qatorda, zamonaviy yondashuvlar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, bakteriofag terapiyasi istiqbolli usul sifatida baholandi. Tadqiqotlarda P7 fag kokteyli kabi keng xost diapazoniga ega litik faglar 88 ta MDR Klebsiella pneumoniae shtammlariga qarshi sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 75% holatda samarali (sinergik) ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Ayniqsa, kolistin bilan birgalikda qo‘llangan fag-antibiotik kombinatsiyasi (PAS terapiya) bakteriyalar o‘sishini sezilarli darajada bostirgan va fagga chidamlilik rivojlanishini kamaytirgan. Shuningdek, molekulyar diagnostika (MALDI-TOF MS, VITEK-2, MIC aniqlash) va genomik yondashuvlar yordamida CRKP shtammlarini aniqlash va nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi. One Health konsepsiyasi asosida inson, hayvon va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda infeksiyani nazorat qilish zarurligi qayd etildi. Xulosa qilib aytganda, Klebsiella pneumoniae infeksiyalariga qarshi samarali kurashish uchun kompleks yondashuv, ya’ni antibiotiklardan oqilona foydalanish, yangi antimikrob preparatlar ishlab chiqish, bakteriofag terapiyasini rivojlantirish va global epidemiologik nazoratni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh.
JurnalВестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии
NashriyotАссоциация Пульмонологов Центральной Азии
ISSN2181-4988
Nashr sanasi2026-06-07
Jild20
Son15
Betlar71-82
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

klebsiella pneumoniae, antibiotiklarga chidamlilik, karbapenemga chidamlilik, bakteriemiya, siydik yo‘llari infeksiyasi, virulentlik, bakteriofag terapiyasi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh. (2026). KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI. Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 20(15), 71-82. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/5174
GOST (OAK)Yodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh. KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI // Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии. – 2026. – T. 20, № 15. – B. 71-82.
MLAYodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh. “KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 20(15), 71-82, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/5174
ChicagoYodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh. “KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 20(15), 71-82 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/5174
HarvardYodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh (2026) ‘KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI’, Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 20(15), 71-82. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/5174
BibTeX
@article{yodgorovantabdumannobovaaelmominovarsxudoyberdiyevamsh2026,
  title = {KLEBSIELLA PNEVMONIYASI, QIYIN TUZALUVCHI PNEVMONIYANING AHAMIYATI},
  author = {Yodgorova N.T., Abdumannobov A.A., Elmo'minova R.S., Xudoyberdiyeva M.Sh.},
  journal = {Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии},
  year = {2026},
  volume = {20},
  number = {15},
  pages = {71-82},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/5174}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии jurnalidan boshqa maqolalar

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari