MOVAROUNNAHRDA TURK-MO‘G‘UL QABILALARINING ETNOMADANIY EVOLYUTSIYASI (XIII–XV ASRLAR)

Sobirjon Barotboy o‘g‘li, Beknazarov

Innovatsiya va taraqqiyot · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Movarounnahr hududida XIII–XV asrlar davomida turk-mo‘g‘ul qabilalarining joylashuvi va evolyutsiyasi institutsional hamda etnomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mo‘g‘ullar istilosidan keyingi qabilaviy tizimning transformatsiyasi, Amir Temur davrida uning davlat boshqaruvi mexanizmiga integratsiyasi va Temuriylar davrida etnik sintez jarayonlari o‘rganiladi. Natijalar qabilaviy tuzilmaning parchalanmagan holda yangi siyosiy tizimga moslashganini hamda mintaqada etnogenez jarayonlariga asos bo‘lganini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSobirjon Barotboy o‘g‘li, Beknazarov
JurnalInnovatsiya va taraqqiyot
Nashr sanasi2025-12-30
Jild3
Son4
Betlar184-186
TilIngliz

Ilmiy soha

Innovatsiya va taraqqiyot jurnalidan boshqa maqolalar

Innovatsiya va taraqqiyot — barcha maqolalar