G‘O‘ZA DURAGAYLARINING QIMMATLI XO’JALIK BELGILARINI SELEKSION BEKKROSS YO’LI BILAN YAXSHILASH

Zaripov Xabib Salimovich, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li, Nazarmatov Abdumadjid Raximovich

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida “Bacillus thuringiensis” (Bt) texnologiyasini tadbiq etish orqali ko’sak qurtiga va glifosatga bardoshlilik genini mahalliy g‘o‘za navlariga o‘tkazish imkoniyatlarini oshirish maqsadida Xitoyning XLZ-52 g‘o‘za navini янги mahalliy “S-01, Sharofat, SP-0655, SP-03, Sulton, S-6577, S-6601, S-8292, SP-0656, SP-04 va Buxoro-8” g‘o‘za navlari bilan o‘zaro chatishtirib olingan F1 duragaylarda bekkross chatishtirish ishlari olib borildi. Ko‘sak qurtiga bardoshlilikning qo‘shaloq Bt genlari (CRY1AC va CRY2AB) va gerbitsidga bardoshlilikning (4EPSPS) genini mahalliy g‘o‘za navlariga o‘tkazish uchun xorijiy “XinLuZao-52” g‘o‘za navi jami 11 ta mahalliy navlar bilan chatishtirib olingan F1 duragaylarda o’tkazilgan bekkross chatishtirish natijalari, hosildorlik ko’rsatkichlari, qimmatli xo’jalik belgilarining samaradorligi o’rganildi. Natijalar XLZ-52 navining duragaylashdagi yuqori kombinativ qobiliyatga ega ekanligini va sifatli tola yetishtirishda istiqbolli genetik resurs sifatida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZaripov Xabib Salimovich, Namozov Doniyor Nozim o‘g‘li, Nazarmatov Abdumadjid Raximovich
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-03-05
Jild5
Son2
Betlar30-38
TilIngliz

Kalit so‘zlar

XLZ-52 navi; ko’sak qurti; F1 duragaylar; tola chiqimi; glifosatga chidamlilik; bekkross chatishtirish; xo’jalik belgilari; 1000 dona chigit og’irligi.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar