10–11 YOSHLI O‘QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI AMALIY GIMNASTIKA MASHG‘ULOTLARIDA RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Mahammadiyev Faruddun Qosimjon o’g’li,Xolboyeva Gulxayo Xolboyevna

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada 10–11 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda amaliy gimnastika mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mazkur yosh davriga xos bo‘lgan jismoniy rivojlanish xususiyatlari, harakat faolligi va psixofiziologik imkoniyatlar tahlil qilindi. Amaliy gimnastika mashg‘ulotlarida kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, muvozanat va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va tajriba-sinov jarayonida sinab ko‘rildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulotlarni yosh xususiyatlariga mos, bosqichma-bosqich va tizimli tarzda tashkil etish o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishi va harakat faolligi ham ortganligi aniqlandi. Ushbu tadqiqot natijalari umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMahammadiyev Faruddun Qosimjon o’g’li,Xolboyeva Gulxayo Xolboyevna
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-02-05
Jild5
Son1
Betlar182-186
TilIngliz

Kalit so‘zlar

jismoniy sifatlar, amaliy gimnastika, 10–11 yoshli o‘quvchilar, jismoniy tarbiya, harakat faolligi, jismoniy rivojlanish.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar