PHLOMOIDES SPECIOSA O‘SIMLIGIDA IRIDOID VA AUKUBIN MIQDORINI ANIQLASH

M.M.Mexmonxonov

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Phlomoides speciosa o‘simligidan ajratib olingan iridoid glikozidlar, jumladan aukubin miqdori kolorimetrik usul yordamida aniqlangan. O‘simlik xomashyosi 50% etanol bilan ekstraksiya qilindi, lipofil moddalar petroleum efir yordamida ajratib olindi va neytral alyuminiy oksid adsorbenti orqali tozalandi. Iridoidlarni aniqlashda Trim-Xill reaktivi ishlatilib, hosil bo‘lgan ko‘k rangli kompleks 570 nm da fotometrik usul bilan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Phlomoides speciosa tarkibida aukubin miqdori 0,03 % ni tashkil etdi. Olingan ma’lumotlar mazkur o‘simlikning farmakologik ahamiyatini tasdiqlaydi va uni dorivor preparatlar ishlab chiqishda istiqbolli manba sifatida ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarM.M.Mexmonxonov
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-10-05
Jild4
Son9
Betlar8-10
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Phlomoides speciosa, iridoidlar, aukubin, kolorimetrik usul, Trim-Xill reaktivi, alyuminiy oksid, farmakognoziya.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar