INFORMATIKA DARSLARIDA UDL (UNIVERSAL DESIGN FOR LEARNING) VA INKLYUZIYA

Abduraxmanova Ro'zixon Xasanboy qizi

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Maqola informatika darslarida Universal Design for Learning (UDL) tamoyillarini qo‘llab, inklyuziv o‘qitish uchun amaliy dizayn modelini taklif etadi. UDL’ning uch yo‘nalishi — taqdim etishning ko‘p usullari (multiple means of representation), faoliyat va ifodalashning ko‘p usullari (action & expression), hamda jalb etishning ko‘p usullari (engagement) — informatika mazmuniga moslashtiriladi: algoritmlash, kod yozish, mantiqiy sxemalar, vizualizatsiya va loyihaviy ishlar. Tadqiqotda adabiyot sharhi, o‘qituvchi va o‘quvchi intervyulari, dars kuzatuvlari hamda UDL chek-listi asosida dars ssenariylari ishlab chiqiladi. Moslashtirish misollari sifatida ekran o‘qish qurilmalari (NVDA/JAWS) bilan mos web-resurslar, klaviatura navigatsiyasi, rang-kontrast standartlari, multimodal qo‘llanmalar (matn–audio–video–kod bloklari), differensiallashgan topshiriqlar va adaptiv baholash rubrikalari keltiriladi. Natijada o‘qituvchilar uchun UDL asosidagi informatika darsi dizayn chek-listi, baholash mezonlari va namuna ssenariylar taqdim etiladi; ular turli ehtiyojli o‘quvchilar (ko‘rish/eshitishdagi cheklovlar, o‘qish qiyinchiliklari, ikkinchi til sifatida o‘zbek tili) uchun kirish imkonini kengaytirish, ishtirok va o‘rganish natijalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Maqola yakunida joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar, monitoring va refleksiya mexanizmlari beriladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAbduraxmanova Ro'zixon Xasanboy qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-09-05
Jild4
Son8
Betlar25-31
TilIngliz

Kalit so‘zlar

UDL (Universal Design for Learning); inklyuziv ta’lim; informatika o‘qitish metodikasi; kompyuter fikrlashi; multimodal resurslar; differensiallashgan topshiriqlar; adaptiv baholash; ko‘makchi texnologiyalar (NVDA/JAWS); kodlash muhitlari (Scratch/Python); UDL chek-list.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar