IRONIYANING TURLARI HAMDA IRONIK MAZMUN IFODALASH USULLARI

Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizi

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada ironiya, uning turlari, situativ va aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiya, situativ va assotsiativ ironiya; ironik mazmun, ironik mazmun ifodalash usullari, sarkazm, antifraza, antifrazis hamda uning turlari va boshqalar xususida so‘z boradi. Ironiya ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ironiyaga berilgan ta’riflar deyarli farqlanmaydi. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-biridan farqlanadi. E.Ibragimova o‘z dissertatsiyasida ularning darajalanish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlagan. 

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTursunova Sojidaxon Axmadjon qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-09-05
Jild4
Son8
Betlar16-19
TilIngliz

Kalit so‘zlar

ironiya, ironiyaning turlari, situativ ironiya, aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, assotsiativ ironiya, sarkazm, antifraza va boshqalar.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar