SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA FIZIKA MASALALARINI YECHISH: CHATGPT, GEMINI VA DEEPSEEK MODELLARINING TAHLILI

Rasulov Shohruh Mo‘sinjon o‘g‘li, Axmedov Baxodir Baxramovich

Research Focus · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy sun’iy intellekt modellari-ChatGPT, Gemini va DeepSeekning fizikadan masalalarni yechishdagi samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlariga mos 130 ta fizik masala (100 ta mexanika, 30 ta molekulyar fizika) tanlab olinib, har bir modelga yechdirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT va DeepSeek modellarining muvaffaqiyat darajasi mexanika bo‘limida 92% ni tashkil qilgan bo‘lsa, Gemini modelining na-tijasi 85% bo‘lgan. Molekulyar fizika bo‘limida esa DeepSeek nisbatan yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Maqolada modellar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilinib, ularning sabablari yoritildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan fizika ta’limida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab, pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRasulov Shohruh Mo‘sinjon o‘g‘li, Axmedov Baxodir Baxramovich
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2025-06-05
Jild4
Son5
Betlar8-15
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Sun’iy intellekt, fizik masalalar, ChatGPT, Gemini, DeepSeek, mexanika, molekulyar fizika, ta’lim texnologiyalari, yirik til modellari, qiyosiy tahlil.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar