SISTEM-FUNKSIONAL GRAMMATIKA TARIXIGA NAZAR

Medesheva Bibinur Yerkebek qizi

Research Focus · 2024-yil

Annotatsiya

Maqola XX asr Britaniya tilshunosligi rivojlanishining ba’zi xususiyatlarini yoritadi va fanning oldingi tarmoqlari bilan aloqasi haqida ma’lumot beradi. XX Buyuk Britaniya tilshunosligining asosiy konsepsiyasi London maktabi bo‘lgan va keyingi g‘oyalar mazkur maktab asosida shakllangan. Sistem-funksional lingvistika tilga nutq yoki yozuv kontekstida qaraydi, ularning ma’nosiga ko‘ra til shakllarini izohlaydi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur tushuncha “sistem-funksional lingvistika”, “sistem linvstika”, “sistem-funksional grammatika”, “sistem grammatika” singari ataladi. Sistem-funksional lingvistikaning asoschisi – Maykl Hallidey bo‘lib, nazariyaning asosiy komponentlari paradigmatik o‘lchov hamda shaklga emas, ma’noga e’tibor qaratishdir. Shuningdek, lingvistik sistema asoslanadigan metafunksiyalar ham ajratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: shaxslararo metafunksiya, tajribaviy metafunksiya, matniy metafunksiya.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMedesheva Bibinur Yerkebek qizi
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2024-09-11
Jild3
Son6
Betlar65-67
TilIngliz

Kalit so‘zlar

system lingvistika, system-funksional grammatika, London maktabi, M.Hallidey, matn, shakl.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar