O‘PKA EXINOKOKKOZI JARROHLIGI

Murtazaev Zafar Israfulovich, Baysariev Shovkat Usmonovich, Shodiyarova Xilola Janonovna

Research Focus · 2023-yil

Annotatsiya

O‘pka exinokokkozi bilan 182 nafar bemorning (shulardan, 126 nafari asoratlanmagan va 56 nafari asoratlangan o‘pka exinokokkozi bilan kasallangan ) jarrohlik davolash natijalari tahlili  taqdim etiladi.   25 bemordan faqat 23 nafarida   sof torakoskopik usulda exinokokkektomiya qilish imkoniyati bo‘ldi. 134 ta holatda mini-kirish yo‘li orqali videotorakoskopik exinokokkektomiya amalga oshirildi. O‘pkada kistalarning ikki tomonlama lokalizatsiyasi bilan 7 bemorda bosqichma-bosqich operatsiyalar o‘tkazildi, 3 ta (36,36%) holatda esa bir bosqichli exinokokkektomiya bajarildi. 25 bemorda o‘pkadan exinokokkektomiya keng torakotomik kesim orqali amalga oshirildi. Barcha bemorlarga oldingi-yon torakotomiya qilindi. Asosiy (97,67%) holatlarda o‘pkada organ saqlovchi operatsiyalar bajarilish bilan birga fibroz qoldiq bo‘shliq turli modifikatsiyada   bartaraf etildi. Kistalarning o‘pkaning chekka qismida joylashuvida va pnevmotsirrozda   2 nafar bemorda o‘pka to‘qimasini exinokokk kistasi bilan birga rezeksiya qilindi. 10 nafar bemorda o‘pka va jigarning qo‘shma exinokokkozi bilan operatsiya qilindi. 6 bemorda bir vaqtning o‘zida alohida kesmalar orqali o‘pka va jigarda jarrohlik aralashuvlar amalga oshirildi. O‘pka exinokokkozida bemorlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘ida minimal invaziv usullardan foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMurtazaev Zafar Israfulovich, Baysariev Shovkat Usmonovich, Shodiyarova Xilola Janonovna
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2023-11-05
Jild2
Son10
Betlar140-147
TilIngliz

Kalit so‘zlar

o‘pka exinokokkozi, videotorakoskopik exinokokktomiya.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar