. O‘pka va jigar exinokokkozi davosida hozirgacha xirurgik usul asosiy bo‘lib qolmoqda. Muqobil konservativ davo esa uncha samarali emas. Ushbu tadqiqotimizning asosiy maqsadi exinokokkozning o‘pka va jigar kistalarini davolashda minimal invaziv xirurgik aralashuvlarni baholashdan iborat. Material va metodlar. Ushbu ishimiz Samarqand Davlat tibbiyot universitetining umumiy xirurgiya kafedrasi klinikasida o‘pka va jigarning qo‘shma exinokokkoziga chalingan 112 nafar bemorni xirurgik yo‘l bilan davolash natijalarini o‘z ichiga oladi. Klinik material uch guruhga bo‘lingan: birinchi guruhda (nazorat guruxi) 36 (32,14%) bemor bo‘lib, o‘pka va jigardagi kistalar alohida keng kesmalar orqali operatsiya qilingan. Shu qatorda, 34 (94,44%) bemorda o‘tkazilgan operatsiyalar 4-6 haftalik interval bilan etapma-etap amalga oshirildi, 2 (5,56%) nafar bemorda esa, exinokokkektomiya amaliyoti bir momentli, ya’ni o‘pka va jigardan bir vaqtning o‘zida alohida kesmalar orqali amalga oshirildi; Ikkinchi guruhdagi 29 nafar (25,89%) bemorga bir vaqtning o‘zida torakofrenolaparotomiya yo‘li bilan o‘ng o‘pka va jigardan exinokokk kistalari olib tashlandi; Uchinchi guruhdagi 47 (41,97%) bemorda o‘pka va jigardagi kistalarni olib tashlash bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shundan 35 (74,47%) holatda, exinokokkektomiyaning ma’lum bosqichlarida o‘zimiz tomondan ishlab chiqilgan videoassistentlashtirilgan minikesimlardan foydalandik, va 12 (25,53%) holatda - barcha torakal va qorin bo‘shlig‘iga kirishlar faqat mini-kesmalar yordamida amalga oshirildi. 7 nafar bemorda o‘pka va jigardagi kistalar uchun bir vaqtning o‘zida bir momentli alohida mini-kirish orqali xirurgik aralashuvlar amalga oshirildi, 5 nafar bemorda esa to‘rt haftalik interval bilan bosqichma-bosqich o‘pka va jigardan kistalar olib tashlandi. Minimal invaziv yondashuvlar va bir vaqtning o‘zida bajarilgan operatsiyalarni qo‘llash operatsiyadan keyingi erta asoratlarni 13,89% dan (nazorat guruhi) 9,21% gacha, (asosiy guruh) ya’ni deyarli 2 marta kamaytirishga yordam berdi. Xulosa: ushbu tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, endovizual texnologiyadan foydalanish o‘pkada va jigar kistalarining qo‘shma lokalizatsiyasida ham minimal invaziv kirish orqali operatsiyalarni o‘tkazishga imkon beradi va an’anaviy torakotomiya va laparotomiya usullari bilan bajarilgan operatsiyalarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar sonining ko‘payishiga olib kelmaydi.
| Mualliflar | Murtazaev Zafar Israfulovich, Baysariev Shovkat Usmonovich, Shodiyarova Xilola Janonovna |
|---|---|
| Jurnal | Research Focus |
| Nashr sanasi | 2023-11-05 |
| Jild | 2 |
| Son | 10 |
| Betlar | 129-139 |
| Til | Ingliz |
jigar exinokokkozi, o‘pka exinokokkozi, qo‘shma exinokokkoz, laparoskopik exinokokktomiya, minilaparotom exinokokktomiya, laparotom exinokokktomiya.
O‘pka exinokokkozi bilan 182 nafar bemorning (shulardan, 126 nafari asoratlanmagan va 56 nafari asoratlangan o‘pka exinokokkozi bilan kasallangan ) jarrohlik davolash natijalari tahlili taqdim etiladi…
Atypical pneumonia remains one of the most common and severe diseases of the respiratory system in children [8]. Understanding the pathogenetic role of immune status can contribute to a deeper understanding of the…
To improve the results of conservative therapy for hydatid disease. Materials and methods. In order to prevent and reduce relapses of the disease, 81 patients (26 with pulmonary echinococcosis, 45 with liver…
Целью образовательной школы любого этапа является подготовка высококвалифицированного специалиста с навыками для дальнейшего успешного образования или работы по полученной специальности. Для повыщение качества…
The article presents the results of treatment of 242 patients who underwent surgery in the multidisciplinary clinic of Samarkand State Medical University in 2015-2022, among them 23 (9.5%) patients were infected with…
В данной статье представлена информация об узбекских народных играх, развитии этноспорта и исторических источниках, а также о народных ценностях.
one of the pressing problems of modern medicine and endocrine surgery is the problem of the approach to surgical treatment of patients with toxic goiter. The relevance of this problem is associated with many issues…
This is it in the article young tennis player of girls’ technical preparation dynamics universal and special tools using light up given. Research At the end of received results on the surface necessary instruction and…
Ушбу мақола нафақат хирургия, балки замонавий тиббиётнинг асосий муаммоларидан бири бўлган ўткир деструктив холециститнинг асоратларига, юқори технологик, мининвазив хирургик давоси ечимига бағишланган. Тиббиёт ва…
On the basis of pedagogical experience, the efficiency of specific exercises targeted at the development of special physical training and technical-tactical training of 15-16-year-old taekwondo players enrolled in…