Raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish sohasida kriptovalyuta muomalasining fuqarolik-huquqiy masalalari

Hazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, Хазраткулов , Одилбек

Юриспруденция · 2026-yil

Annotatsiya

Jahon hamjamiyatining globallashuvi natijasida tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, milliy qonunchilikda mavjud kollizion normalar orqali himoya qilinishi kafolatlangan. Bugungi kunda zamonaviy texnologik vositalar taʼminoti hamda dasturlash faoliyatining rivojlanishi mazkur munosabat ishtirokchilarining huquqlari bilan bogʻliq masala yechimi ustida tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qoʻymoqda. Oʻz navbatida, raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish sohasida ilgarilab ketgan rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlari hamda qonunosti hujjatlarini koʻrib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada raqamli moliyaviy aktivlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda obyekt sifatida e’tirof etilishi haqidagi anʼanaviy yondashuvlardan biroz chekingan holda tahlil etish masalalari yoritib berilgan. Raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida kriptovalyutalar bilan boʻlgan muomala bugungi kunda mavjudligi, mazkur amaliyot tobora moliyaviy munosabatlarni qamrab olayotganligi bu masala ustida tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etmoqda. Xususan, kriptovalyutalar internet orqali foydalanuvchilar oʻrtasida savdo aylanmasi yoki pul almashinuvini amalga oshirish oqibatida kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni qanday tartibga solishi mumkin, degan savol barchani qiziqtirib kelmoqda. Mazkur holat kriptovalyutalarning moliyaviy operatsiyalardagi harakatlanishi hamda undan shaxslarning foydalanishini huquqiy jihatdan taʼminlashni talab etadi. Kriptovalyutalar huquqiy masalalar boʻyicha koʻplab savollarni kun tartibiga qoʻyadi. Jumladan, mazkur valyutalar qonunlar yuzasidan qanday qabul qilinadi yoki ularni qoʻllash sifati hamda kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar qonun tomonidan qanday nazorat qilinishi zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, Хазраткулов , Одилбек
JurnalЮриспруденция
NashriyotТошкент давлат юридик университети
ISSN2181-1938
Nashr sanasi2026-02-18
Jild3
Son2
Betlar36-46
TilO‘zbek
Ilmiy sohaYuridik
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

integration, technological revolution, financial technologies, cryptocurrency, fintech, crypto assets, material goods, personal money, bitcoin, tokens, profitable tokens and investment tokens, интеграция, технологическая революция, финансовые технологии, криптовалюта, финтех, криптоактивы, материальные блага, личные деньги, биткоин, токены, прибыльные токены, инвестиционные токены, integratsiya, texnologik inqilob, moliyaviy texnologiyalar, kriptovalyuta, fintex, kripto-aktivlar, moddiy neʼmatlar, shaxsiy pul, bitkoin, tokenlar, foydali tokenlar va investitsiya tokenlar

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAHazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, & Хазраткулов , Одилбек (2026). RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI. Юриспруденция, 3(2), 36-46. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/530
GOST (OAK)Hazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, Хазраткулов , Одилбек RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI // Юриспруденция. – 2026. – T. 3, № 2. – B. 36-46.
MLAHazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, and Хазраткулов , Одилбек. “RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI.” Юриспруденция, 3(2), 36-46, 2026. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/530
ChicagoHazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, and Хазраткулов , Одилбек. “RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI.” Юриспруденция, 3(2), 36-46 (2026). https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/530
HarvardHazratqulov , Odilbek, Khazratkulov , Odilbek, and Хазраткулов , Одилбек (2026) ‘RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI’, Юриспруденция, 3(2), 36-46. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/530
BibTeX
@article{hazratqulovodilbek2026,
  title = {RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI},
  author = {Hazratqulov , Odilbek and Khazratkulov , Odilbek and Хазраткулов , Одилбек},
  journal = {Юриспруденция},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {2},
  pages = {36-46},
  url = {https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/530}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Юриспруденция jurnalidan boshqa maqolalar

Юриспруденция — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Yuridik sohasidagi boshqa maqolalar

Yuridik sohasidagi OAK jurnallari