Qilmishni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, metodologik asoslari va bosqichlari

Sunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, Суннатов , Вохид

Юриспруденция · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada qilmishni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, metodologik asoslari va bosqichlari keltirilgan. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish murakkab jarayon bo‘lib, kvalifikatsiyani amalga oshiradigan tergovchi, surishtiruvchi, prokuror va suddan mantiqiy fikrlashni, ko‘plab fakt va belgilarni o‘zaro solishtirgan holda qilmishga huquqiy baho berishni talab qiladi. Chunki muayyan jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayonida ishdagi haqiqiy holatlarni o‘rganish va JK Maxsus qismida shunday turdagi jinoyatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jinoyat huquqiy normaning mazmunini aniqlash orqali shaxsning qilmishiga huquqiy baho beriladi. Jinoyat huquqida qilmishni kvalifikatsiya qilishning, asosan, ikki turi mavjud: 1) rasmiy (legal); 2) norasmiy (doktrinal). Rasmiy kvalifikatsiya surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyalar tomonidan jinoyat va boshqa qonun normalari asosida amalga oshirilib, qaror bilan rasmiylashtiriladi. Yuridik adabiyotlarda rasmiy kvalifikatsiyaning belgilari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: a) qilmishga berilgan baho huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi; b) muayyan huquqiy oqibatni keltirib chiqaradi; d) kvalifikatsiya aniq jinoyat ishi materiallariga taalluqli bo‘ladi. Rasmiy kvalifikatsiyadan farqli ravishda, norasmiy kvalifikatsiya jinoyat ishini yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan subyektlar (masalan, advokatlar, ommaviy axborot vositalarining xodimlari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi huquqshunos olimlar) tomonidan amalga oshirilganligi sababli hech qanday yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun ham qilmishni kvalifikatsiya qilish haqida so‘z yuritilganda, ko‘pincha uning rasmiy shakli tushuniladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, Суннатов , Вохид
JurnalЮриспруденция
NashriyotТошкент давлат юридик университети
ISSN2181-1938
Nashr sanasi2026-02-04
Jild1
Son5
Betlar148-155
TilO‘zbek
Ilmiy sohaYuridik
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

qualification, rule of law, qualification of the act, crime, investigator, criminal and criminal procedure codes, legal assessment, investigator, inquiry officer, prosecutor, court, act., квалификация, законность, квалификация деяния, преступление, следователь, уголовный и уголовно-процессуальный кодексы, правовая оценка, следователь, дознаватель, прокурор, суд, акт., kvalifikatsiya, qonun ustuvorligi, qilmishni kvalifikatsiya qilish, jinoyat, tergovchi, jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari, huquqiy baho, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sud, qilmish.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, & Суннатов , Вохид (2026). QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI. Юриспруденция, 1(5), 148-155. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266
GOST (OAK)Sunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, Суннатов , Вохид QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI // Юриспруденция. – 2026. – T. 1, № 5. – B. 148-155.
MLASunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, and Суннатов , Вохид. “QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI.” Юриспруденция, 1(5), 148-155, 2026. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266
ChicagoSunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, and Суннатов , Вохид. “QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI.” Юриспруденция, 1(5), 148-155 (2026). https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266
HarvardSunnatov , Vohid, Sunnatov , Vokhid, and Суннатов , Вохид (2026) ‘QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI’, Юриспруденция, 1(5), 148-155. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266
BibTeX
@article{sunnatovvohid2026,
  title = {QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI},
  author = {Sunnatov , Vohid and Sunnatov , Vokhid and Суннатов , Вохид},
  journal = {Юриспруденция},
  year = {2026},
  volume = {1},
  number = {5},
  pages = {148-155},
  url = {https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Юриспруденция jurnalidan boshqa maqolalar

Юриспруденция — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Sunnatov , Vohid — boshqa maqolalari

Yuridik sohasidagi boshqa maqolalar

Yuridik sohasidagi OAK jurnallari