Ushbu maqolada oshiqcha xavf manbayi boʻlgan sunʼiy intellekt tizimlarida yuzaga keladigan fors-major holatining fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ilmiy tahlil qilingan. Jumladan, fors-major holati tushunchasi, huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari xohish-irodasi va xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan oldindan bashorat qilish, muayyan sharoitlar oqibatining oldini olish yoki bartaraf etish mumkin boʻlmagan favqulodda va muqarrar hodisa natijasida majburiyatlarning buzilishi hamda aybsiz zarar yetkazilishiga olib kelgan holatlar muhokama qilingan. Xususan, sunʼiy intellekt tizimlari bilan insonlar oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligi baʼzan mazkur tizimlarning insonga zarar yetkazishi va bunday zararlar turli-tuman tasodifiy hodisalar yoki sunʼiy intellekt tizimlarida vujudga keladigan texnologik nosozliklar, dasturiy xatolar tufayli yuzaga kelishi tahlil qilingan. Shu bilan birga, huquqshunos olimlar va amaliyotchilarning sunʼiy intellekt tizimlari huquqiy maqomi toʻgʻrisida bildirgan fikrlari o‘rganilgan. Sunʼiy intellekt tizimlari jarayonlari ustidan amalga oshiriladigan nazoratning mutlaq emasligi va mazkur tizimlarda yuzaga keladigan texnologik nosozliklar, dasturiy xatolar yoki toʻsatdan sodir boʻlgan tasodiflar tufayli insonlarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni belgilashda fors-major holatining fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada, shuningdek, fors-major holatida sunʼiy intellekt tizimlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni istisno etishning asoslari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
| Mualliflar | Isanov, Xolmurod, Isanov, Kholmurod, Исанов, Холмурод |
|---|---|
| Jurnal | Юриспруденция |
| Nashr sanasi | 2026-01-29 |
| Jild | 5 |
| Son | 1 |
| Betlar | 30-37 |
| Til | O‘zbek |
artificial intelligence systems, source of increased risk, force majeure, technological malfunction, software errors, owner of an artificial intelligence system, person who caused damage, civil liability, grounds for excluding liability, системы искусственного интеллекта, источник повышенной опасности, форс-мажорные обстоятельства, технологические сбои, программные ошибки, владелец системы искусственного интеллекта, причинитель вреда, гражданско-правовая ответственность, основания освобождения от ответственности, sunʼiy intellekt tizimlari, oshiqcha xavf manbayi, fors-major holati, texnologik nosozlik xatolari, dasturiy xatolar, sunʼiy intellekt tizimlari egasi, zarar yetkazgan shaxs, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, javobgarlikni istisno etish asosi
Ushbu maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlardan biri boʻlgan oxirgi zarurat holati amalda mavjud boʻlishi uchun shaxs tomonidan yetkazilishi mumkin boʻlgan zararga qoʻyiluvchi talablarga…
Ushbu maqolada milliy norma ijodkorligini axborot bilan taʼminlashga doir huquqiy munosabatlar va vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi huquqiy munosabatlari va vositalarini tadqiq etish…
Ushbu maqolada shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatlarni tergov qilish masalalari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot predmeti sifatida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya…
Mazkur maqolada qonunchilik hujjatlarining sifati va samaradorligini ta’minlashda til masalasining oʻrni va roli, normativ-huquqiy hujjatlar tilining davlat tili qoida va talablariga mos kelishini ta’minlashda…
Mazkur maqolada jinoyat sud ishlarini yuritishda iqtisodiy ekspertizalarni tayinlash va oʻtkazish bilan bogʻliq dolzarb muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Tadqiqotda iqtisodiy ekspertizalarning yagona…
Защита прав женщин, подвергающихся насилию, является важной и актуальной проблемой во многих странах в том числе и в Республике Узбекистан. В связи с этим в большинстве государств действуют правовые механизмы…
Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yiladigan protsessual xatolarni sud muhokamasida bartaraf qilish bilan bog‘liq muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, jinoyat ishini sudda…
Mazkur maqolada kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari bayon etilgan. Jumladan, maqolada JK 116-moddasi va 113-moddaning…
This article examines the implementation and effectiveness of anti-corruption frameworks across Central Asian nations, focusing on Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Uzbekistan. Based on the OECD’s 2024 Baseline…
Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarning obyektiv belgilariga doir ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada jinsiy jinoyatlar shaxsga qarshi qaratilgan, jinsiy erkinlik va daxlsizlikka tajovuz qiluvchi…