Turli ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘it me’yorlarining g‘o‘za navlarida ko‘chat qalinligi shakllanishiga ta’siri

Xolmuminov, Sherzod

Agroinnovatsiya · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada 2024 yil vegetatsiya davri sharoitida turli ekish muddatlari hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘zaning Buxoro-102, Sherobod-ShN, Termiz-202 va SP-1607 navlarida ko‘chat qalinligi shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotlarda ekish muddatlarining chigitlarning unib chiqish darajasi, ko‘chatlarning dastlabki rivojlanishi hamda vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Olingan natijalar ekish muddatlari g‘o‘za ko‘chatlari qalinligining shakllanishida muhim agrotexnik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, aprel oyida ekilgan variantlarda tuproqning harorat va namlik sharoitlari urug‘larning bir maromda unib chiqishi uchun qulay bo‘lib, natijada ko‘chatlarning dala unuvchanligi va mavsum yakunidagi saqlanish darajasi yuqori bo‘ldi. Kechiktirilgan ekish muddatlarida esa ko‘chat qalinligining ma’lum darajada kamayishi kuzatildi. Shuningdek, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining qo‘llanilishi ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, optimal oziqlanish sharoitida ko‘chatlarning saqlanib qolish darajasini oshirganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Termiz-202 va SP-1607 navlari barcha ekish muddatlarida nisbatan yuqori ko‘chat qalinligi ko‘rsatkichlarini namoyon etib, ularning ekologik moslashuvchanligi va dala sharoitida yashovchanlik darajasi yuqori ekanligini tasdiqladi. Mazkur natijalar g‘o‘za navlarini yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash orqali ko‘chat qalinligini me’yorlashtirish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXolmuminov, Sherzod
JurnalAgroinnovatsiya
NashriyotТермиз давлат муҳандислик ва агротехнологиялар университети
ISSN3030-3249
Nashr sanasi2026-06-17
Jild4
Son03
Betlar34-39
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

g‘o‘za, ekish muddati, ko‘chat qalinligi, mineral o‘g‘itlar, nav

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXolmuminov, Sherzod (2026). TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. Agroinnovatsiya, 4(03), 34-39. https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274
GOST (OAK)Xolmuminov, Sherzod TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI // Agroinnovatsiya. – 2026. – T. 4, № 03. – B. 34-39.
MLAXolmuminov, Sherzod. “TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI.” Agroinnovatsiya, 4(03), 34-39, 2026. https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274
ChicagoXolmuminov, Sherzod. “TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI.” Agroinnovatsiya, 4(03), 34-39 (2026). https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274
HarvardXolmuminov, Sherzod (2026) ‘TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI’, Agroinnovatsiya, 4(03), 34-39. https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274
BibTeX
@article{xolmuminovsherzod2026,
  title = {TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI},
  author = {Xolmuminov, Sherzod},
  journal = {Agroinnovatsiya},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {03},
  pages = {34-39},
  url = {https://agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agroinnovatsiya jurnalidan boshqa maqolalar

Agroinnovatsiya — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari