BOQLA (VIKA)NING MIRZACHO‘L-1 NAVI

Qo'shiyev, H.H., Kuliyev, T.X., Jumanov, O‘.T., Payanov, SH.

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada dukkakdoshlar (Fabaceae Lindl.) oilasiga mansub tukli vikaning (Vicia villosa Roth) "Mirzacho‘l-1" navining seleksion yaratilishi, biologik va morfologik xususiyatlari, hosildorlik ko'rsatkichlari hamda sho'rlangan tuproqlarga moslashuvchanligi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Nav Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot institutida saqlanayotgan KGU-0089 kolleksion namunasidan yakka tanlash usuli orqali yaratilgan. Dala va laboratoriya sharoitlarida unuvchanlik, fenologik rivojlanish bosqichlari, biometrik ko'rsatkichlar, mahsuldorlik elementlari, faktorli tahlil hamda sho'rlanish sharoitidagi chidamlilik xususiyatlari baholandi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, "Mirzacho‘l-1" navi yuqori ozuqaboplik, sho'rga chidamlilik va galoakkumulyativlik xususiyatlariga ega bo'lib, yem- xashak yetishtirish, siderat sifatida foydalanish hamda sho'rlangan tuproqlarni biologik melioratsiya qilishda istiqbolli nav ekanligi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQo'shiyev, H.H., Kuliyev, T.X., Jumanov, O‘.T., Payanov, SH.
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-08-10
Jild8
Son07
Betlar477-486
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i07.063

Kalit so‘zlar

Vicia villosa Roth, Mirzacho‘l-1, tukli vika, seleksiya, sho'rga chidamlilik, galoakkumulyatsiya, yem-xashak ekini, morfologik belgilar, hosildorlik, biologik azot fiksatsiyasi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar