Dolzarblik. Glomerulonefrit bolalar nefrologiyasida uchraydigan eng muhim immun-yallig‘lanishli buyrak kasalliklaridan biri bo‘lib, o‘tkir bosqichda klinik sog‘ayish kuzatilishiga qaramay, ko‘plab holatlarda kech tashxis qo‘yilishi natijasida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga olib keladi. Pediatrik amaliyotda glomerulonefritning klinik belgilari namoyon bo‘lishidan ancha oldin buyrak to‘qimasida faol immun-yallig‘lanish jarayonlari kechadi. Kasallikning subklinik bosqichi mavjudligi esa erta tashxisni murakkablashtiradi. Maqsad. Bolalarda glomerulonefritda IL-6, TNF-α va MCP-1 darajalarining kasallikni erta aniqlash hamda glomerulyar yallig‘lanish faolligini baholashdagi diagnostik ahamiyatini o‘rganish. Material va metodlar. Tadqiqot klinik-kuzatuv (observatsion) dizaynda o‘tkazildi. Tadqiqotga 7–14 yoshdagi glomerulonefrit bilan kasallangan 50 nafar bola va nazorat sifatida 30 nafar sog‘lom bola jalb etildi. Barcha ishtirokchilarda klinik ko‘rik, umumiy qon va siydik tahlillari hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘tkazildi. IL-6, TNF-α va MCP-1 darajalari immunoferment tahlil (ELISA) usuli orqali aniqlandi. Olingan natijalar statistik jihatdan SPSS dasturida tahlil qilindi (p<0.05). Natijalar. Tadqiqotda glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda klinik, laborator va immunologik o‘zgarishlar nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori ekanligi aniqlandi. GN guruhida gematuriya (80%), proteinuriya (68%), shish sindromi (58%) va arterial gipertenziya (44%) ustunlik qildi (p<0.001). Siydik tahlilida eritrotsituriya (80%), proteinuriya (68%) va silindruriya (36%) ko‘p uchradi (p<0.001). Qon biokimyoviy ko‘rsatkichlarida kreatinin va mochevina oshishi, gemoglobin pasayishi kuzatildi (p<0.001). IL-6, TNF-α va MCP-1 darajalari GN guruhida sezilarli yuqori bo‘lib, kasallik faolligi bilan kuchli bog‘liqlikni namoyon etdi (p<0.001). Xulosa. Bolalarda glomerulonefrit klinik jihatdan gematuriya, proteinuriya, shish sindromi va arterial gipertenziya bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikda buyrak funksional ko‘rsatkichlari buzilishi va yallig‘lanish jarayonlarining faollashuvi kuzatiladi. IL-6, TNF-α va MCP-1 darajalarining sezilarli oshishi ularning glomerulonefritni erta tashxislash va kasallik faolligini baholashda muhim diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
| Mualliflar | Raximova Sh.X. |
|---|---|
| Jurnal | Ёш олимлар тиббиёт журнали |
| Nashriyot | Тошкент тиббиёт академияси |
| ISSN | 2181-3485 |
| Nashr sanasi | 2026-06-20 |
| Son | 18 |
| Betlar | 68-72 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Tibbiyot |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-27 |
Glomerulonefrit, bolalar, IL-6, TNF-α, MCP-1, biomarkerlar, siydik tahlili, immun-yallig‘lanish, erta diagnostika, buyrak kasalliklari.
| APA | Raximova Sh.X. (2026). BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Ёш олимлар тиббиёт журнали, (18), 68-72. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/5439 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Raximova Sh.X. BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI // Ёш олимлар тиббиёт журнали. – 2026. – № 18. – B. 68-72. |
| MLA | Raximova Sh.X. “BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI.” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (18), 68-72, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/5439 |
| Chicago | Raximova Sh.X. “BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI.” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (18), 68-72 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/5439 |
| Harvard | Raximova Sh.X (2026) ‘BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI’, Ёш олимлар тиббиёт журнали, (18), 68-72. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/5439 |
| BibTeX | @article{raximovashx2026,
title = {BOLALARDA O‘TKIR GLOMERULONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA IMMUN-YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING DIAGNOSTIK AHAMIYATI},
author = {Raximova Sh.X.},
journal = {Ёш олимлар тиббиёт журнали},
year = {2026},
number = {18},
pages = {68-72},
url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/5439}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Annotatsiya. Dolzarbligi. Bolalardagi aqliy va nutq rivojlanishi kechikishlari, xususan autizm spektr buzilishi (ASB) va serebral falaj (SF) kabi neyrorivojlanish buzilishlarida keng tarqalgan. Transkraniyal magnit…
Аннотация. Қуруқ кўз синдроми (ҚКС) офтальмологияда энг кўп учрайдиган сурункали касалликлардан бири бўлиб, фертил ёшдаги аёлларда у гормонал ҳолат, айниқса эстроген даражаси билан яқин боғлиқ. Эстроген дисбаланси…
Annotatsiya. Ikkiga ajralgan orqa miya (diastematomiyeliya) malformatsiyalari va tetering sindrom bolalar populyatsiyasida murakkab tugʻma nuqson hisoblanadi. 2016–2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi…
Введение: Пандемия COVID-19 стала глобальной проблемой здравоохранения, существенно влияя на функциональное состояние различных органов и систем организма. Почки рассматриваются как потенциальная мишень для SARS-CoV-2…
Введение. В детском возрасте гиперурикемия и уратурия нередко протекают субклинически, проявляясь кристаллурией, эпизодами микрогематурии или транзиторной протеинурией, что затрудняет своевременную диагностику и…
Ushbu tadqiqot semizlik bilan kasallangan ayollarda miokard remodellanishining laborator va instrumental markerlarini baholashga qaratildi. Klinik kuzatuv asosida 25-65 yoshdagi jami 80 nafar ayol tekshirildi, shundan…
Дисфункция голосовых связок (ДГС) остается одной из наиболее сложных диагностических задач в экстренной педиатрии из-за высокого риска ложной диагностики бронхиальной астмы. В статье представлены результаты…
The rise in disease incidence in developing countries will be linked both to increased life expectancy and improved access to healthcare.The increase in morbidity will also be due to the westernization of lifestyle…
The developed algorithm of the organization of the stomatologic help to patients with the combined injuryof bones of a facial skeleton consists of three blocks of the actions rendered in a reception, the medical and…
Chronic hypertrophic rhinitis is among the most common disorders of the upper airways and is characterized by hypertrophy of the nasal mucosa and inferior nasal turbinates. The present study was conducted at the Adult…
Ёш олимлар тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Настоящее исследование посвящено разработке алгоритма раннего выявления сенсоневральной тугоухости у детей с использованием методов полимеразной цепной реакции (ПЦР). Обследовано 235 детей с нарушениями слуха, из…
В статье представлены клинические аспекты и диагностические проблемы выявления сенсоневральной тугоухости у новорождённых с перинатальной патологией. Обследовано 115 новорождённых, из которых 35 перенесли асфиксию, а у…
Сенсоневральная тугоухость (СНТ) у детей остаётся одной из наиболее актуальных проблем современной оториноларингологии и медицинской генетики. Ранняя диагностика нарушений слуха играет ключевую роль в предупреждении…
Сенсоневральная тугоухость у новорождённых является одной из ведущих причин нарушения слухоречевого развития и ранней инвалидизации. Наиболее уязвимыми считаются дети, перенёсшие перинатальные осложнения, такие как…
Mazkur eksperimental tadqiqotda yuqori yog‘li ratsion va seftriaksonning lipid hamda uglevod almashinuviga alohida va birgalikdagi ta’siri 160 ta oq zotsiz erkak kalamushda o‘rganildi. Tajriba hayvonlari to‘rtta guruhga…
Мазкур тадқиқотда Тошкет вилоятидаги Ўрта Чирчиқ тумани 25-сонли, Бўка тумани 3-сонли ва 9-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотларида 2025 йил ёз мавсумидаги таомномаларнинг озиқ-овқат маҳсулотлари билан…