REJALI JARROHLIKDA SURUNKALI PANKREATITNI IKKI BOSQICHLI IMMUNOKORREKSIYA QILISH

Mansurova A.X., Nurullayev A.B.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand temir yo‘l shifoxonasining jarrohlik bo‘limlarida, Samarqand tuman shifoxonasining jarrohlik va shoshilinch tibbiy yordam reanimatsiya bo‘limida davolangan o‘tkir pankreatitning pankreonekrozga o‘tgan shakli bilan kasallangan 52 nafar bemorni konservativ va jarrohlik davolash natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida reanimatsiya va jarrohlik bo‘limlari sharoitida o‘tkir pankreatit, pankreonekrozda qo‘llaniladigan ikki bosqichli immunokorreksiyalovchi terapiya usuli moslashtirildi va takomillashtirildi. Intensiv terapiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda ushbu yondashuv pankreonekrozda bo‘shliq ichi va bo‘shliqdan tashqari asoratlar sonini, shuningdek o‘limni sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. 

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMansurova A.X., Nurullayev A.B.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2026-07-16
Son35
Betlar133-136
TilRus

Kalit so‘zlar

surunkali pankreatit, pankreonekroz, immunokorrigirlovchi terapiya.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar