PERSISTIRLANGAN KLOAKADA GINEKOLOGIK ANOMALIYALAR

Ergashev N.Sh., Umarov K.M.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Persistyirlangan kloakada (PK) genital anomaliyalarning tabiati va uchrash chastotasini o’rganish, bir bosqichli va bosqichma-bosqich davolash taktikasi bilan kerakli jarrohlik hajmini aniqlashdir. Materiallar va usullar: 2021-2025 yillarda bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar jarrohligi bo'limida kuzatilgan persistirlangan kloakali 39 bemorda kompleks diagnostika va davolash natijalari tahlili o'tkazildi, jinsiy a'zolar anomaliyalarining paydo bo'lish chastotasi va o'zgarishi o'rganildi, bu patologiyani tashxislash va jarrohlik yo'li bilan tuzatishda maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Tashxisni maxalliy ko’rik, instrumental, radiologik va maxsus tadqiqot usullari ma'lumotlari bilan asoslash va kerak bo'lganda diagnostik laparoskopiya qo'llaniladi. Natijalar: Persistirlangan kloaka 18 (46,1%) hollarda atreziya, qinning ikkilanishi, bachadon va Myuller tuzilmalariningikki ikkilanishi, aloxida shaklda yoki ularning turli xil kombinatsiyasida kuzatildi. Jinsiy organlarda to'liq yoki qisman obstruktsiya mavjud bo'lganda asoratlarning rivojlanishi va bakterial-yallig'lanish komponentining qo'shilishi standart diagnostika va jarrohlik yondashuvlarida sezilarli o'zgarishlarni talab qiladi. Xulosa: Persistirlangan kloaka qiz bolalarda ko‘p hollarda ginekologik anomaliyalar bilan kechadi va ularning turi hamda og‘irligi jarrohlik taktikani belgilashda muhim ahamiyatga ega. O‘z vaqtida va to‘liq diagnostika, shuningdek individual yondashuv asosida bajarilgan rekonstruktiv jarrohlik davolashning qisqa va uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarErgashev N.Sh., Umarov K.M.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2026-04-23
Son33
Betlar78-82
TilRus

Kalit so‘zlar

doimiy kloaka, genital anomaliyalar, tashxis, asoratlar, davolash.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar