SHAHRISABZ KASHTA, SO‘ZANALARI VA IROQI DO‘PPILARIDAGI NAQSH KOMPOZITSIYASINING ESTETIK HAMDA SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Xudoyberdiyeva, Xulkar Zoxid qizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqola orqali Shahrisabz kashtachilik san’ati, so‘zana va iroqi do‘ppilaridagi naqshlarning tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda badiiy- estetik xususiyatlari tadqiq etilgan. Shahrisabz kashtachiligining qadimgi Sug‘d va Baqtriya madaniyatlari bilan bog‘liqligi, Temuriylar davrida hunarmandchilikning yuksalishi hamda kashtachilikning xalq amaliy san’atidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada so‘zana va iroqi do‘ppilaridagi o‘simliksimon hamda geometrik naqshlarning kompozitsion qurilishi, semantik ma’nolari va rang uyg‘unligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Naqshlarning xalqning estetik tafakkuri, milliy qadriyatlari va madaniy merosini aks ettiruvchi muhim badiiy unsur ekanligi asoslab berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXudoyberdiyeva, Xulkar Zoxid qizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-13
Jild8
Son5.
Betlar2260-2266
TilIngliz
DOI10.70728/c.series.san.v08.i05.014

Kalit so‘zlar

Shahrisabz kashtachiligi, so‘zana, iroqi do‘ppi, naqsh, ornamental bezak, islimiy naqsh, xalq amaliy san’ati, kompozitsiya, semantik ma’no, badiiy bezak, hunarmandchilik, Temuriylar davri.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar