Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash

Sulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, Musaev, Shakhriddin

ТАЙИ хабарномаси · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodining temirchilik sexidagi ish o‘rinlarida shovqin bosimi darajalari GOST 12.1.050–86 talablariga muvofiq baholangan. O‘lchovlar GOST 17187–81 standartiga javob beradigan, davlat guvohnomasiga ega “Assistent” va “Oktava–110A” shovqin o‘lchash asboblari yordamida amalga oshirilgan. Dastgohlardan tarqalayotgan shovqin bosimi darajalari boshqa sexlardan kelayotgan fon shovqini aniqlangandan so‘ng o‘lchangan. Fon shovqin bosim darajalari sexning markaziy qismida, yondosh mashinasozlik sexining ochiq eshigi qarshisida va kirish darvozasidan 1 metr ichkaridagi nuqtalarda aniqlangan. Olingan natijalarga asoslangan jadvallar, grafiklar va diagrammalar tahlil qilingan. Tahlilga ko‘ra, mashinasozlik sexidan fon shovqini bosim darajalari 125–8000 Hz chastotalarda sanitariya me’yorlaridan 1–12 dB ortiqligi aniqlangan. Temirchilik bolg‘asidan tarqalayotgan shovqin bosimi darajasining past chastotalarida uning tarqalishi nisbatan teng taqsimlangan, o‘rta va yuqori chastotalarda esa shovqin bosimi darajasining asosiy tarqalish yo‘nalishlari operator o‘rni va dastgohning orqa tomoniga qaratilgan. Orqa tomonning devorga yaqinligi sababli, aynan shu yo‘nalishda yuqori chastotalarda tarqalayotgan hamda devordan qaytgan shovqin bosimlari darajalari oʻzaro qoʻshilishi tufayli ortishi qayd etilgan. Bunday hollarda shovqinni samarali pasaytirish maqsadida akustik to‘siqlar va shovqin yutuvchi ekranlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni joylashtirishda shovqin bosimi darajasi tarqalayotgan yo‘nalishlarning tahliliga asoslanish, ya’ni ekranlarni ayniqsa operator o‘rni va orqa devor yo‘nalishida yuqori chastotali shovqinlar intensiv qayd etilgan hududlarda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, Musaev, Shakhriddin
JurnalТАЙИ хабарномаси
NashriyotТошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатацияси институти
ISSN2181-2438, 3060-5164
Nashr sanasi2025-11-26
Jild2
Son2
Betlar189-195
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTexnika
DOI10.56143/2181-2438-2025-2-189-195
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

sound pressure level, noise level, working conditions, forge shop, octave bands, geometric mean frequencies, machine noise characteristics, noise measurement methods, tovush bosimi darajasi, shovqin darajasi, ish sharoitlari, temirchilik sexi, oktava diapazonlari, oʻrtacha geometrik chastotalar, stanoklar shovqinining xususiyatlari, shovqinni oʻlchash usullari

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, & Musaev, Shakhriddin (2025). Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash. ТАЙИ хабарномаси, 2(2), 189-195. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-189-195
GOST (OAK)Sulaymanov, Sunnatulla va b. Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash // ТАЙИ хабарномаси. – 2025. – T. 2, № 2. – B. 189-195. – DOI: 10.56143/2181-2438-2025-2-189-195.
MLASulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, and Musaev, Shakhriddin. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash.” ТАЙИ хабарномаси, 2(2), 189-195, 2025. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-189-195
ChicagoSulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, and Musaev, Shakhriddin. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash.” ТАЙИ хабарномаси, 2(2), 189-195 (2025). https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-189-195
HarvardSulaymanov, Sunnatulla, Musayev, Shaxriddin, Sulaymanov, Sunnatulla, and Musaev, Shakhriddin (2025) ‘Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash’, ТАЙИ хабарномаси, 2(2), 189-195. https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-189-195
BibTeX
@article{sulaymanovsunnatulla2025,
  title = {Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash},
  author = {Sulaymanov, Sunnatulla and Musayev, Shaxriddin and Sulaymanov, Sunnatulla and Musaev, Shakhriddin},
  journal = {ТАЙИ хабарномаси},
  year = {2025},
  volume = {2},
  number = {2},
  pages = {189-195},
  doi = {10.56143/2181-2438-2025-2-189-195},
  url = {https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-189-195}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

ТАЙИ хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

ТАЙИ хабарномаси — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Sulaymanov, Sunnatulla — boshqa maqolalari

Texnika sohasidagi boshqa maqolalar

Texnika sohasidagi OAK jurnallari