В-HUJAYRALI LIMFOTSITAR LEYKEMIYA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMINING FUNKSIONAL HOLATINI O‘RGANISH NATIJALARI

Mamatkulova F.X., Amerova D.A., Shomurodov Q.E.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Surunkali limfotsitar leykemiya - qon tizimining o‘sma kasalligi bo‘lib, xarakterli immunofenotipga ega bo‘lgan morfologik yetuk va immunologik qobiliyatsiz V-limfotsitlarning qonda, suyak iligida va limfoid azolarida ko‘payishi va to‘planishi bilan tavsiflanadi. (CD19+/CD5+/CD23+/CD20dim+/CD79bdim+) [1].2022-yil yakunlariga ko‘ra, saraton kasalligiga chalinganlar soni 108196 nafarni tashkil qilgan. 2022-yilda kuzatuv uchun ro‘yxatga olingan bemorlarning asosiy qismini ko‘krak bezi (19,5%), bachadon bo‘yni (8,5%), teri (8,1%), bachadon tanasi (4,7%), tuxumdon (4,1%), oshqozon (4,0%), miya (4%), buyrak (3,2%), noaniq o‘smalari bo‘lgan bemorlar va noaniq o‘smalari bo‘lgan bemorlar tashkil etadi. Har 10 000 saraton kasalligiga taxminan 1000 ta o‘tkir leykemiya holati mavjud. Ulardan 300 nafari bolalar, qolgan 700 nafari kattalardir. Umuman olganda, onkogematologiyada har yili 1500 ga yaqin yangi bemorlarda surunkali leykemiya va 1000 ga yaqin bemorda limfomalar aniqlanadi.O‘zbekistonda har yili ko‘plab odamlarda qon saratoni tashxisi qo‘yiladi. So‘nggi yillarda onkogematologik kasalliklarni davolashda sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, G‘arb mamlakatlarida standart davolash deb hisoblangan ba’zi zamonaviy dori-darmonlar mavjud emas.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMamatkulova F.X., Amerova D.A., Shomurodov Q.E.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-12-10
Son28
Betlar387-392
TilRus

Kalit so‘zlar

Surunkali limfotsitar leykemiya, yurak-qon tomir tizimi, funksional o‘zgarishlar, davolash standartlari, leykemik miokard infiltratsiyasi, miokardit.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar