QON TOMIR KASALLIKLARI FONIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATINING LEYKOPLAKIYA KASALLIGI: KLINIK-LABORATOR BAHOLASH VA DAVOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Idiev G'.E., Babayeva N.M.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining leykoplakiya kasalligida klinik va laborator ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Tadqiqot 120 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilib, ular klinik shakllariga qarab guruhlarga ajratildi. Gigiyenik indeks, Shiller–Pisarev va pergidrol testlari natijalari baholandi. Ozonoterapiya va fotodinamik terapiya kabi zamonaviy usullar an’anaviy davolashga nisbatan 25–30% yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari leykoplakiya tashxisida kompleks yondashuv va zamonaviy davolash metodlarini keng qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIdiev G'.E., Babayeva N.M.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-10-05
Son26
Betlar56-59
TilRus

Kalit so‘zlar

leykoplakiya, og‘iz shilliq qavati, gigiyena indeksi, Shiller–Pisarev testi, pergidrol testi, ozonoterapiya, fotodinamik terapiya.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar