SURUNKALI LIMFOLEYKOZ KASALLIGIDA HISSIY BUZILISHLAR VA ULARNING HAYOT SIFATIGA TA’SIRI

Eshchanova G.B., Matmurodov R.J., Babadjanov J.K., Jumanazarova Sh.R.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Maqsad. Surunkali limfoleykoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda xissiy buzilishlarning ularning xayot sifatiga ta’sirini o‘rganishMaterial va usullar. Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan 130 nafar bemor O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika gematologiya va transfuziologiya Ilmiy tekshirish Markazi Xorazm filialida (O‘zR SSV RGvTITMXf) tekshiruvdan o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqotlar 2014 yildan 2023 yilgacha statsionar ravishda yotib davolangan surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlar natijalari asosida olindi. SHulardan 71 nafarini erkaklar (54,6%) va 59 nafarini ayollar (45,4%) tashkil qildi. Erkaklar va ayollar nisbati 1,2:1. Bemorlar 46 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan bemorlardan iborat bo‘ldi, shu jumladan 13 yoshdan 44 yoshgacha -13 nafar bemorlar (15,5%), 45 yoshdan 59 yoshgacha – 25 nafar bemorlar (29,8%), 60 yoshdan 74 yoshgacha - 37 nafar bemorlar (44,0%), 75 yoshdan katta - 9 nafar bemorlar (10,7%)dan iborat bo‘ldi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 64,07±9,56 yil (p<0,05).Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun onkologik bemorning funktsiyalarini baholash uchun FACT-G (Functional Assessment of Cancer Therapy-General, Version-4) so‘rovnomasidan tadqiqot boshlangan kuni va uch oy o‘tgandan so‘ng foydalanildi. Natijalar. Hayot sifatini baholash uchun FACT-G shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ball 57,5 ni tashkil etdi, maksimal 108 ballni tashkil etdi. Bu surunkali limfoleykozga chalingan bemorlarning hayot sifati sog‘lom odamlarga qaraganda deyarli ikki baravar past ekanligini ko‘rsatdi. Jismoniy farovonlik moduli (PWB, Physical well-being) insonning jismoniy holatini baholashga imkon berdi, shu jumladan bemorning asosiy shikoyatlarini (og‘riq, ko‘ngil aynish, umumiy holsizlik, davolanishning nojo‘ya ta’siri) aniqlashga yordam berdi. Ushbu modulda o‘rtacha ball 15,5 ni tashkil etdi (normada 28 ball), bu uning bemorlarda sezilarli, deyarli ikki baravar kamayishini ko‘rsatdi. Ijtimoiy/oilaviy farovonlik moduli (SWB, Social/Family well-being) bemorning ijtimoiy rolidan qoniqishini baholadi, insonning ijtimoiy moslashish imkoniyatlarini aks ettirdi. Ushbu modulda o‘rtacha ball 15,7 ni tashkil etdi (normada 28 ball), bu ham deyarli ikki baravar pasayishni aks ettirdi. Hissiy farovonlik moduli (EWB, Emotional well-being) bemorlarning psixoemotsional holatini baholadi, o‘rtacha ball 14,0 (normada 24 ball). Funktsional farovonlik moduli (FWB, Functional well-being) bu baholash bemorning kundalik hayotga moslashishi. Ushbu modul uchun o‘rtacha ball eng past - 12,5 ko‘rsatkichni tashkil etdi va maksimal 28 balldan ikki martadan ko‘proq pasayishni aks ettirdi. Xulosa. Ushbu ko‘rsatkichlarni dinamikada baholashda jismoniy, ijtimoiy va hissiy farovonlik sohasidagi ko‘rsatkichlarning statistik jihatdan sezilarli pasayishi, shuningdek FACT-G shkalasi bo‘yicha umumiy ballning pasayishi kuzatildi. Bu surunkali limfoleykozga chalingan bemorlarning hayot sifati sog‘lom odamlarga qaraganda deyarli ikki baravar past darajada ekanligidan dalolat berdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarEshchanova G.B., Matmurodov R.J., Babadjanov J.K., Jumanazarova Sh.R.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-12-10
Son28
Betlar269-278
TilRus

Kalit so‘zlar

Surunkali limfoleykoz, nevrologik asoratlar, asab tizimini shikastlanishi, stress, depressiya

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar