QO‘SHQO‘RG‘ONLIK JADID - XOLID SAID XO‘JAYEV

Yo‘ldoshev, Ma’rufjon

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Xolid Said Xoʻjayev (1888-1937) Toshkent viloyati Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan o‘zbek va ozarbayjon tilshunosi. Shuningdek, Ozarbayjon tilini lotin alifbosiga oʻtkazishda muhim rol oʻynagan shaxslardan biri. Xolid Said Xo‘jayev 1926 yilda Bokuda o‘tkazilgan Birinchi Turkologiya Qurultoyining faol ishtirokchilaridan biri bo‘ldi. U Birinchi Turkologiya Qurultoyi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, yangi alifboni qabul qilish yo‘nalishida faol targ‘ibotchilardan biriga aylandi. «Usmonli, o‘zbek va qozoq tillarining qiyosiy sarfi», «Yangi alifbo yo‘lida: eski xotira va tuyg‘ularim», «Qisqacha uslubiyat», «Mufassal sintaksis», «Uslubiyat nazariyasi», «Turkiy tillarning tarixiy grammatikasi», «Chig‘atoy adabiyoti bo‘yicha ma’ruzalar», «Turkiy adabiyot nazariyasi», «Turkiston tarixining qisqacha sharhi», «Eron tillari grammatikasi», «Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon” matnining izohli ilmiy tarjimasi», «O‘rxun yodgorliklarining ilmiy tadqiqi», «Turkiy maktablar uchun rus tili» kabi asarlar muallifi. Maqolada jadid tilshunosning hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumot beriladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYo‘ldoshev, Ma’rufjon
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-14
Jild8
Son05
Betlar17-21
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i05.002

Kalit so‘zlar

Jadidchilik, Xolid Said Xoʻjayev, Birinchi Turkologiya Qurultoyi, tilshunos, ilmiy meros.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar