SUT BEZI SARATONI XAVFI OSHGAN AYOLLARDA INDOL-3-KARBINOLNI UZOQ MUDDAT QO‘LLASHNING XAVFSIZLIGI VA METABOLIK TA’SIRLARINI

Abdusamatova D.Z., Aripdjanova Sh.S., Ilxomova Z.E., Radjabova N.Sh., Tulyaganova N.Z.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Sut bezi saratoni (SBS) dunyo ayollari orasida onkologik kasalliklar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2 milliondan ortiq yangi holat aniqlanadi, buning muhim qismi gormonal disbalans va irsiy moyillik bilan bog‘liq. Ximioprofilaktika SBS xavfini kamaytirishda muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Ayniqsa, oilaviy anamnez, genetik mutatsiyalar (BRCA1/2 - geni) va gormonal buzilishlar kabi yuqori xavf omillari bo‘lgan ayollar uchun.Indol-3-karbinol (I3C) — karamdoshlar oilasi (brokkoli, gulkaram, karam) dan olinadigan biologik faol modda bo‘lib, estrogenlar metabolizmini modulyatsiya qilish va o‘sma hujayralari o‘sishini ingibirlashtirish xususiyatlari bilan tanilgan. Eksperimental va klinik ma’lumotlar I3C ferment tizimlariga ta’sir ko‘rsatib, detoksikatsiya yo‘llarini faollashtirishi va estrogenlar metabolizmini o‘zgartirishini ko‘rsatmoqda, bu esa kanserogenlikni kamaytirishi mumkin.Shunga qaramasdan, I3C ning uzoq muddatli qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar real sharoitlarda cheklangan bo‘lib, xavfsizlik, chidamlilik va gormonal fon hamda ferment faolligiga ta’sirini baholash uchun postregistratsion tadqiqotlar zarur.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAbdusamatova D.Z., Aripdjanova Sh.S., Ilxomova Z.E., Radjabova N.Sh., Tulyaganova N.Z.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-07-05
Son23
Betlar357-360
TilRus

Kalit so‘zlar

metabolizm, detoksikatsiya, ximioprofilaktika

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar