QUTURISHGA QARSHI VAKSINALARNING SAMARADORLIGI

Ozodova S.U., Gulirano B.Sh.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu adabiyotlar tahlili quturishga qarshi vaksinalar samaradorligi va usullariga bag‘ishlangan bo‘lib dunyoning barcha davlatlarida amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda. Kasallik kundan kunga avj olib borayotgan davlatlarda, jumladan Afrikaning ayrim hududlarida quturish vaksinatsiyasi ancha samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda siz so‘ngi yillarda qo‘llanilayotgan vaksinatsiya turlari va dunyo bo‘ylab ta’sir darajasi haqida bilib olasiz. Vaksina odam va hayvon organizmiga kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, inyeksiya qilish tartibi va qarshi ko‘rsatmalar yoritib berildi. Bu kabi vaksinalar hujayra kulturasi asosida ishlab chiqariladi. Vaksinalar yordamida ushbu qo‘zg‘atuvchining tarqalishini oldini olish va diagnostikasini o‘rganish orqali inson salomatligiga ta’siri haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu kabi ma'lumotlar bugungi kunda qutirishga qarshi vaksinaning samaradorligini va 100 foiz odam va hayvon organizmini kasallikdan himoya qilishi o‘z tasdig‘ini topdi va hozirda profilaktika maqsadida joriy qilingan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOzodova S.U., Gulirano B.Sh.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-06-10
Son22
Betlar213-217
TilRus

Kalit so‘zlar

quturish, virus, hujayra madaniyati, post eksponatsion profilaktika, PrEP, vaksinatsiya, Vnukvo-32

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar