PREEKLAMPSIYA FONIDA MUDDATIDA TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR JIGARINING GISTOKIMYOVIY O‘ZGARISHLARI

Eshbayev , Erkin Abduxalimovich, Yuldosheva , Dilnoza Saidazim

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Preeklampsiyada homilador ayollarda yuzaga kelgan arterial gipertenziya yoki proteinuriyada, homilaning barcha ichki a’zolaridagi rivojlanishlarni gestasion muddatidan orqada qolishi aniqlangan. Bu esa, aynan, homila ichi rivojlanishida juda ko‘p omillardan biri bo‘lgan, alimentar yetishmovchilik, plastik assimilyatsiya jarayonlarining izdan chiqishi, fetoplatsentar qon aylanishining buzilishi, yo‘ldoshning muddatidan oldin qisman ko‘chishi ko‘rinishidagi klinik morfologik o‘zgarishlar bilan yuzaga kelishi aniqlandi. Aynan homilaning gestatsion muddatiga mos rivojlanish davridagi morfologik yetilganlik darajasining me’yorda kechayotgan homiladorlikka nisbatan 18,8% da o‘rtacha ko‘rsatkichda rivojlanishdan orqada qolishi, homila gipotrofiyasi va morfologik chalalik belgilarining rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Chaqaloqlar jigarida distrofik o‘zgarishlardan gidropik va yog‘li distrofik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga chaqaloq jigarida fibroz to‘qimaning shakillanishi yuzaga keladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarEshbayev , Erkin Abduxalimovich, Yuldosheva , Dilnoza Saidazim
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-03-21
Son18
Betlar118-123
TilRus

Kalit so‘zlar

preeklampsiya, chaqaloq, morfologiya, jigar, gistoximiya, distrofiya.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar