“JOZMON QISHLOG‘I” TARIXINING KELIB CHIQISHI Sharof Rashidov nomidagi

Mardonova, Sug'diyona Nasibillo qizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Urgut tumani Jozmon qishlog‘ining paydo bo‘lishi, uning tarixi haqida izlanishlar olib borildi. Insonlar hayoti va jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar ham qisman kiritib o‘tildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilindi. Ushbu maqolada Jozmon qishlog‘ining tarixini to‘liq bo‘lmasa-da, bir muncha yoritishga harakat qilinadi. Afsuslar bo‘lsinkim, shu davrgacha qishlog‘ining tarixini yozib qoldirishga ota-bobolarimizdan birortasi qo‘l urmagan. Har bir xalqning har bir mamlakatning o‘z tarixi bo‘lishi shart. Biz moziyni (o‘tmishni) ana shu yozilgan tarixiga qarab o‘qib bilamiz. Men ushbu maqolada Jozmon etimologiyasi haqida, qishloq xalqining uzoq o‘tmishdan hozirgi kunlarigacha bosib o‘tgan yaxshi-yomon kunlari haqida, mashg‘ulotlari, urf-odatlari haqida, qishloqning geografik o‘rni aslida sug‘orilmaydigan adir yer bo‘lganligi va nihoyat, turli joylardan chorvador boylar qishlog‘imizni o‘rnini egallab olib, o‘z chorvalarini boqqanliklar, lalmikor dehqonchilik qilganliklari haqida bir-biridan uzoqroq qilib, chodirlar, keyinchalik Ravotxo‘ja arig‘idan suv olib kelinganligini, uylar qurila boshlaganligi haqida, qishloqdagi boylar, katta yer egalari, mo‘tabar insonlar haqida, qishloqdagi dastlabki ma’rifat haqida tez-tez bo‘lib turadigan “Jov keldi” urushlari haqida qishloqdan chiqqan mehnatsevar, pahlavon insonlar haqida bosmachilik harakatlari qon to‘kilishlar haqida qishloqda birinchilardan bo‘lib paranji tashlagan oliyjanob xotin-qizlar haqida, qishloqda dastlab 4 ta kolxoz tuzilganligi (1927- 1929 yillar), qishloqdagi boylarning Sibirga surgun qilinganligi, ko‘plari o‘sha tomonlarda o‘lib qolganliklari, boshqa yurtlarga qochib ketib dom-daraksiz yo‘qolganliklari haqida, Qur’oni Karimga turli yillarda turlicha muomalada bo‘linganliklari, Islom dinini yo‘qotishga qilingan harakatlar, idiologiyamizda yolg‘onchiliklar avj olib ketilganligi haqida, natijada insonlarning axloq-odobi psixologiyasi iymon-e’tiqodi butunlay buzilib ketganligi nihoyat, Islom diniga qaytish, Xudoni tan olishliklar, uning tub sabablari haqida, musulmonlar uchun bajariladigan 5 ta farz amallarining majburiyligi, 5 vaqt namoz nima sababdan o‘qiladi, buning tarixi, sabablari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMardonova, Sug'diyona Nasibillo qizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-01
Jild8
Son4
Betlar1401-1408
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.ijt.v08.i04.018

Kalit so‘zlar

Toponomika, Jozmon qishlog‘i, qishloq xo‘jaligi, ma’naviy qadriyatlar, dehqonchilik, chorvachilik, ijtimoiy hayot va taraqqiyot.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar