Mazkur maqolada oliy ta’lim xizmatlari bozorida iste’molchi tanloviga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda oliy ta’lim muassasalarining raqobat ustunligini shakllantirishda strategik boshqaruv yondashuvlarining ahamiyati yoritiladi. Bugungi kunda abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari oliy ta’lim muassasasini tanlashda nafaqat ta’lim sifati, balki ta’lim narxi, professor-o‘qituvchilar salohiyati, diplomning mehnat bozoridagi qadri, raqamli ta’lim imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik, infratuzilma va bandlikka ko‘maklashish tizimiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu sababli oliy ta’lim muassasalari uchun iste’molchi ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, ta’lim xizmatlarini bozor talablari bilan uyg‘unlashtirish va raqobatbardosh strategiyani ishlab chiqish muhim boshqaruv vazifasiga aylanmoqda. Maqolada iste’molchi xulq-atvorini tahlil qilish orqali oliy ta’lim xizmatlari bozorida talabni shakllantiruvchi omillar aniqlanadi hamda oliy ta’lim muassasalarining barqaror raqobat ustunligiga erishishi uchun strategik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim xizmatlarida brend, sifat, innovatsion yondashuv, raqamli kommunikatsiya va mijozga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillarining amaliy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida marketing strategiyasini kuchaytirish, iste’molchi bilan samarali aloqani yo‘lga qo‘yish va ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ilmiyamaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
| Mualliflar | Qodirov , O‘ktamjon |
|---|---|
| Jurnal | Innovations in Science and Technologies |
| Nashr sanasi | 2026-04-27 |
| Jild | 3 |
| Son | 4 |
| Betlar | 108-115 |
| Til | Ingliz |
oliy ta’lim xizmatlari, iste’molchi tanlovi, raqobatbardoshlik, raqobat ustunligi, strategik boshqaruv, ta’lim bozori, ta’lim sifati, iste’molchi xulqi, oliy ta’lim muassasasi, marketing strategiyasi.
Ushbu tadqiqot xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTTI, FDI) va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni turli institutsional hamda geosiyosiy sharoitlar kontekstida qiyosiy tahlil qilishni maqsad…
Ushbu maqolada korxonalarda differensiallash strategiyasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va zarurati ochib berilgan. Xususan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida ko‘p qavatli uylarda quyosh…
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Xususan, investitsion loyihalarni…
Мазкур тадқиқот ишида «Тошкент ИЭС» АЖ мисолида ёқилғи-энергетика мажмуаси корхоналарини муқобил энергия манбаларини интеграция қилиш асосида барқарор ривожлантириш истиқболлари илмий жиҳатдан асослаб берилган. Ишда…
The shift to a circular economy has emerged as a vital goal for sustainable development in developing nations. This is especially pertinent for Uzbekistan, where fast industrialisation, escalating waste production…
Ушбу мақолада глобал иқлим ўзгариши ва анъанавий энергия ресурсларининг дефицити шароитида Ўзбекистон ёқилғи-энергетика мажмуаси (ЁЭМ) корхоналарини трансформация қилиш ва уларнинг иқтисодий барқарорлигини таъминлаш…
quyidagi maqolada sport logistikasidagi musobaqalar, turnirlar va yirik sport tadbirlarini o‘tkazishda sportchilar, jamoalar, tomoshabinlar va jihozlarni tashish va joylashtirish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun…
Sog‘liqni saqlash sohasida motivatsiya nafaqat samaradorlik, balki tizim barqarorligining ham garovidir. Motivatsiyasi yo‘q tibbiyot xodimi yordam sifatiga tahdid solidi, u insonni maqsadga erishishga undovchi ruhiy va…
В данной статье рассматриваются процессы внедрения цифровых технологий во внешнеторговую деятельность Республики Узбекистан. Автор анализирует текущее состояние цифровизации таможенных процедур, внедрение системы…
Maqolada mahalliy korxonalarda differensiallash strategiyasini qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Strategik boshqaruvning zamonaviy usullari tahlil qilinib, korxonalar raqobatbardoshligini…