Joriy yil 11-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yo‘nalish mamlakatimizda 2020 yilda boshlangan edi. O‘shanda 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmagan. O‘tgan yillarda 3,5 million odamning daromadini oshirish orqali 2023-yil yakuni bilan kambag‘allik darajasi 11 foizga tushdi. Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra kengaytirilib, o‘tgan yili 12,3 trillion so‘m yo‘naltirildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paytirildi. Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berildi. Mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so‘m ajratildi. Shuningdek, 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik qilib, daromad topishi uchun tarqatildi. Yana bir misol – 2020-yildan buyon 3 milliondan 5 million so‘mgacha oylik oladigan ishchilar soni 2 barobar, 5 milliondan 7 million so‘mgacha oladigan ishchilar soni esa 3 barobar oshdi. Bularning natijasida kambag‘allik darajasi yiliga o‘rtacha 3 foizga kamayib borayapti. Bugungi kunda korxonalarda 250 mingta vakant bor. Lekin, kambag‘al oilalarning 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma yetishmaydi. Yana ayrimlari surunkali kasalliklar tufayli tayinli ishlay olmayapti. Kambag‘al oilalarning 83 foizida tomorqa bor, lekin suv, elektr va yo‘l bilan bog‘liq muammolar qiyinchilik tug‘dirayapti. Bugun yurtimizda kamida 50 ta ish o‘rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor. Ularning rejalari qo‘llab-quvvatlansa, faoliyatini kengaytirib, yana ishchi olishi mumkin. Masalan, Andijon viloyatidagi 58 ta parranda korxonasi tuxum yetishtirishga 10 ming ehtiyojmand aholini jalb qilish, 660 ta baliq xo‘jaligi kooperatsiya orqali yana shuncha ish joyi yaratish tashabbusini bildirgan. Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish va boshqa hududlarda ham kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endi 2024-2025 yillarda odamlar o‘zini o‘zi band qilishi, kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi. – Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi. Hukumatdan tortib, tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bo‘lishi kerak. Bu borada nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari, viloyat va tuman hokimlari axborot berdi. Kambag‘al oilalar uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mas’ullarning bu boradagi ishlarini muhokama qilib, muammolarni hal etib borish yuzasidan vazifalar belgilandi. Prezidentimizning kambag‘allikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlari va bu boradagi yutuqlar O‘zbekistonning ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir. 2020 yildan beri amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kambag‘allik darajasi sezilarli darajada pasaygani, millionlab yurtdoshlarimizning turmush sharoiti yaxshilangani quvonarli holatdir. Ijtimoiy himoya tizimini kengaytirish, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, kambag‘al oilalarga yordam berish uchun ajratilayotgan mablag‘larni samarali yo‘naltirish kabi chora-tadbirlar xalqimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yaqqol isbotidir.
| Mualliflar | Samadov, Asqarjon |
|---|---|
| Jurnal | Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт |
| Nashr sanasi | 2024-08-31 |
Maqolada brezent choklariga polimer kompozitni qoplashdagi tikuv mashinasi parametrlarining o‘zgarishqonuniyatlarini ifodalovchi ossillogramma keltirilgan. Tajribaviy tadqiqotlar natijasida uskuna roligini siquvchi…
Maqolada mamlakatimiz eksport imkoniyatlari va eksport jarayonida yuzaga keladigan muammoli holatlaratroflicha bayon qilingan. Mavzuga oid xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar…
Ushbu maqolada neft konlari uskunalari va neft quvur kommunikatsiyalarining ishlatishda asoratlarni keltiribchiqaradigan, neftni qazib olish jarayonida hosil bo‘ladigan asfaltsmolaparafinlarning (ASP) hosil bo‘lishi…
В стратегии реформирования банковской системы Республики Узбекистан на 2020-2025 годы отме-чено, что обеспечение финансовой стабильности банковской системы посредством улучшения качества кре-дитного портфеля и…
Mazkur maqolada post pandemiya davrida jahon turizm bozorida sodir bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar tahlilqilinadi. Pandemiya global turizmni kuchli ta’sirga uchratdi va bu holat sohada yangi tendensiyalarni yuzaga…
Mazkur maqola budjetlashtirishning iqtisodiy mohiyati va uni boshqaruv hisobi tizimida rivojlantirish masalalaribayon qilingan. Qishloq xo‘jaligida har xil budjetlashtirish variantlarini qo‘llash afzalliklari…
Ushbu maqola quyosh panellari yuzasini tozalash texnologiyalarining samaradorligini va rivojlanish yo‘nalishlarinitahlil qiladi. Quyosh energiyasidan maksimal darajada foydalanishni ta'minlash uchun mavjud…
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida klaster modelini joriy etish va rivojlantirish masalalari bayonqilingan. Mintaqaviy agroklasterlar, xususan, g‘allachilik klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun…
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarining tashqi bozorga chiqishida raqobat, raqobatbardoshlik vaunga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. Ushbu tushunchalarni kompleks tahlil qilish va ularning mohiyatini klassik…
Maqolada marketing tadqiqotlarining iqtisodiy mazmuni, turlari va bozorni segmentlarga ajratish masalalariyoritilgan. Marketing tadqiqotlari atamasiga iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan taʼriflar o‘rganilgan va…