Binolarda isitish va sovutish maqsadida sarflanadigan energiya iste’moli global energiya iste’molining 30–40foizini tashkil etadi hamda energiya iste’moli natijasida atrof-muhitga chiqariladigan CO₂ gazlari ulushining 26 foizigato‘g‘ri keladi. Bino va sanoat obyektlarining issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini quyosh, shamol va geotermal energiyakabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplashda katta salohiyat mavjud. Biroq mazkur manbalarningenergiya ishlab chiqarish vaqti bilan energiyaga bo‘lgan talab o‘rtasidagi nomuvofiqliklar (tungi yoki bulutli paytlardaquyosh energiyasining mavjud emasligi, shamol tezligining o‘zgaruvchanligi va boshqalar) issiqlik akkumulyatorlaridanfoydalanishni taqozo etadi. Ushbu tadqiqotda issiqlik akkumulyatorida issiqlik energiyasini saqlash uchun qo‘llanilganfazaviy o‘zgaruvchi materialning (FO‘M) erish vaqti hamda mis plastinkalar yordamida qatlamlarga ajratilgan issiqlikakkumulyatorining har bir qatlamidagi issiqlik almashinuvi ikki o‘lchovli model asosida aniqlangan. Umumiy qobiq uzunligi500 mm, balandligi 150 mm, qobiq qalinligi 2 mm bo‘lgan issiqlik akkumulyatori asos qismiga 5 kW issiqlik energiyasiberilganda FO‘Mning erish jarayoni vaqtga bog‘liq ravishda t=60 min, t=120 min, t=180 min, t=240 min, t=300 minva t=360 min holatlarida tahlil qilindi. Natijada FO‘Mning to‘liq erishi uchun 360 minut vaqt talab etilishi hamda suyuqfazadagi material harorati 343 K gacha ko‘tarilishi aniqlandi
| Mualliflar | Mirzayev, Mirfayz, Hikmatov , Behzod, Sharifova , Madina |
|---|---|
| Jurnal | Муҳандислик ва Иқтисодиёт |
| Nashr sanasi | 2026-04-01 |
| Jild | 4 |
| Son | 4 |
| Til | O‘zbek |
issiqlik akkumulyatori, ikki o‘lchovli model, yashirin issiqlik, fazaviy o‘zgaruvchi material, parafin RT35HC, COMSOL 6.2.
Maqolada bevosita va bilvosita soliqqa tortishning tarixiy- evolyutsion shakllanishi, mazmun-mohiyati,amaliy va xususiy jihatlari tahlil qilingan. Muallif bugungi kunda shakllangan bevosita va bilvosita soliqlarning…
Ushbu ilmiy maqolada tabiiy polimerlar (xitin, sellyuloza, alginat, kraxmal) asosida ishlab chiqilgan biomembranalaryordamida ichimlik suvini tozalashning energiya tejamkor texnologiyalarini yaratish masalalari…
Рентабельность активов является основой финансовой устойчивости коммерческих банков,поскольку она показывает уровень прибыльности банка. Прибыль — это основной показатель, характеризующийэффективность деятельности…
Mazkur maqolada global iqtisodiy integratsiya, raqamli transformatsiya hamda xalqaro moliyaviy standartlar(IFRS, ISA, COSO) joriy etilishi sharoitida ichki audit tizimining korxona boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati…
Purpose: To address the recurrent interpretive failures that arise when mainstream Western vocationalpersonality and trait models are applied in Chinese settings - for example, the same score being assigned…
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar (sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va blokcheyn)ning investitsiyaloyihalari samaradorligiga ta’siri empirik jihatdan baholangan. Tadqiqot doirasida ko‘p omilli regressiya modeli…
Ushbu maqolada sanoat klasterlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — klasterlash jarayonlarining TXI oqimlariga…
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida zamonaviy raqamli to‘lov tizimlarini(xususan, Uzcard va Humo) joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni aniqlash hamda ilmiyasoslangan…
Ushbu maqolada Angren konidan olingan kaolin rudalarini boyitishning samarali usullarini ilmiy asosdao‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot doirasida kaolin rudalarini gravitatsion va flotatsion usullar yordamida…
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga muvofiq, mamlakatda innovatsioniqtisodiyotni shakllantirishda muhim omillar hisoblangan ta’lim, fan va texnologiyalar rivojini moliyalashtirish hamda…