TRANSFORMATSION YETAKCHILIK VA XODIMLARNING INNOVATSION XULQ-ATVORI: KORPORATIV TASHKILOTLARDA EMPIRIK TADQIQOT

Alimov , Bobirjon

Муҳандислик ва Иқтисодиёт · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada korporativ tashkilotlardagi transformatsion yetakchilik va xodimlarning innovatsion xulqatvorio‘rtasidagi empirik bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot 12 ta korporativ tashkilotdan tanlab olingan 347 nafar xodimva ularning rahbarlaridan iborat diadik tanlanma asosida amalga oshirildi. Diadik yondashuv ma’lumotlarni juft holdayig‘ishni anglatib, bunda har bir kuzatuv birligi ikki subyektdan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar strukturaviy tenglamalarmodeli (SEM) va 5 000 martalik Bootstrap usuli yordamida tahlil qilindi. Natijalar transformatsion yetakchilikning barchato‘rt o‘lchami — ideallashtirilgan ta’sir, ilhomlantiruvchi motivatsiya, intellektual stimulyatsiya va individual e’tibor —innovatsion xulq-atvorga statistik jihatdan muhim ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi (β = 0,487; p < 0,001; R² = 0,421).To‘rt o‘lcham orasida intellektual stimulyatsiya eng kuchli prediktor sifatida namoyon bo‘ldi (β = 0,341). Shuningdek,ijodiy ichki kuch (creative self-efficacy) transformatsion yetakchilik va innovatsion xulq-atvor o‘rtasidagi munosabatdaqisman vositachi omil sifatida namoyon bo‘ldi (bilvosita β = 0,163; 95% CI [0,091; 0,241]). Psixologik xavfsizlik muhitiesa ushbu munosabatni kuchaytiruvchi moderator sifatida tasdiqlandi (β = 0,189; p < 0,001). Tadqiqot doirasida ilgarisurilgan barcha to‘rtta gipoteza empirik jihatdan tasdiqlandi. Olingan natijalar menejment va inson resurslarini boshqarishsohasidagi mutaxassislar uchun muhim amaliy tavsiyalarni shakllantirish imkonini beradi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAlimov , Bobirjon
JurnalМуҳандислик ва Иқтисодиёт
Nashr sanasi2026-04-01
Jild4
Son4
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

transformatsion yetakchilik, innovatsion xulq-atvor, To‘rt I modeli, psixologik xavfsizlik, ijodiy ichki kuch, strukturaviy tenglamalar modeli, korporativ tashkilotlar

Ilmiy soha

Муҳандислик ва Иқтисодиёт jurnalidan boshqa maqolalar

Муҳандислик ва Иқтисодиёт — barcha maqolalar