Yetakchi pedagogik tadqiqotlarga ixtisoslashgan markazlarda amalga oshilayotgan ishlar eʼtirof etilgan holda fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish masalalariga etibor qaratilgan boʻlib, mashhur olimlarning ilmiy-metodik ishlari fanlararo aloqadorlikka bergan taʼriflari ushbu maqolada oʻrganib chiqilgan. Fanlararo ta’lim konsepsiyalari, didaktik va metodik yondashuvlar tahlil qilinib, ularning fizika darslarida qo‘llanilishi o‘rganilgan va tadqiqot natijalariga ko‘ra uning taʼrifi hamda fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish jarayonini tashkil etish sxematik koʻrinishi berilgan. Fizikani fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish samaradorligini oshirishning axborot-metodik taʼminoti va “Tabiiy fanlar” fani orqali oʻrganilgan fizik bilimlar va ularni fanlararo aloqadorligini taʼminlash, oʻquvchilarning olgan bilimlari kelajakda kasb tanlashlarida yordam berishi, pedagogik jarayondagi integratsiya intensivligini oshirish boʻyicha fizik bilimlarni turdosh fanlar bilimlari bilan tushuntirish orqali oʻquvchilarda ilmiy xabardorlik kompetensiyasini rivojlantirish va uning oʻqitish samaradorligini oshirish fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish haqidagi tajribalari yoritilgan. Fizika fanini boshqa tabiiy va aniq fanlar bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va fizik tafakkuri rivojlanishi ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish imkonini berishi, olingan ilmiy natijalar asosida fizika ta’limining sifatini oshirishi, olib borilgan tajriba - sinov ishlarining matematik taxlili va erisilgan samaradorlik bayon etilgan.
| Mualliflar | Boyturayeva Gulbahor Kamoliddin qizi, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich, Alijanov Dilmurod Azamjon oʻgʻli |
|---|---|
| Jurnal | Таълим ва тараққиёт |
| Nashr sanasi | 2025-03-01 |
| Son | 1 |
| Til | O‘zbek |
Ushbu tadqiqot zamonaviy texnologiyalarning 5 va 6-sinf o'quvchilari orasida grammatik malakalarni rivojlantirishdagi samaradorligini o'rganadi. Namangan shahridagi 7-maktabda o'tkazilgan tadqiqotda kontekstual…
Mazkur maqolada milliy kontent tushunchasi va uning oliy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy kontentni pedagogika ta'limi jarayoniga integratsiyalashning metodologik asoslari va amaliy jihatlari…
Ushbu maqola ilmiy bilimlarni rivojlantirishda o‘qitish metodlarining zamonaviy transformatsiyasini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda o‘zbek pedagogik an’analari va jahon tajribasi asosida zamonaviy ta’lim…
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mas’uliyatni rivojlantirishning klasterli yondashuvi muhokama qilingan. Klasterli yondashuv, o‘qituvchilarni pedagogik va psixologik jihatdan o‘z vazifalariga mas’uliyatli…
Zamonaviy ta’lim tizimi globallashuv va texnologik o‘zgarishlar ta’sirida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu maqola pedagogika yo‘nalishidagi talabalarning ilmiy-pedagogik bilimlarini shakllantirishda dolzarb…
Tadqiqot maqsadi. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda ona tili fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning lingvodidaktik muammo sifatida tahlili olib borilgan. O‘quvchilarning ona tilini samarali…
mаktаbgаchа tа’lim tizimidа innоvаtsiоn muhit yаrаtish zаmоnаviy pedаgоgikаning dоlzаrb mаsаlаlаridаn biri bо‘lib, bоlаlаrning hаr tоmоnlаmа intellektuаl, ijоdiy vа ijtimоiy rivоjlаnishigа xizmаt qilаdi. Ushbu mаqоlаdа…
Keltirib o‘tilgan maqolada yunon-rim kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida tik turgan holatdan qo‘lini tortib parter holatiga o‘tgazish harakatini biomexanik tahlil qilish asosida harakatdagi xatoliklarni…
Maqola “Xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish ijtimoiy zarurat sifatida” xalqaro baholash tizimlarining rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyatini yoritadi. Ushbu maqolada xalqaro baholashning ta’lim tizimidagi…
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarining metodik malakalarini rivojlantirish komponentlari haqida fikr yuritilgan, ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati haqida bayon etilgan. Bo‘lajak pedagoglarni metodik malakalarini…