O‘zbekiston sharoitida Agile davlat boshqaruvining kelajak istiqbollari

Sayfiyev, Jasur

Муҳандислик ва Иқтисодиёт · 2025-yil

Annotatsiya

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, uning samaradorligi vafuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari eng muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Shu jarayondadavlat boshqaruvida innovatsion yondashuvlar, xususan, Agile metodologiyasi muhim rol o‘ynamoqda. Dastlab biznesva axborot texnologiyalari sohalarida keng qo‘llanilgan ushbu metodologiya, bugungi kunda davlat xizmatlari tizimigaham jadal kirib kelmoqda. Agile falsafasi boshqaruvda moslashuvchanlik, tezkorlik, shaffoflik, jamoaviylik va fuqarolarehtiyojiga yo‘naltirilganlik tamoyillariga asoslanadi. Bu esa davlat organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish vafuqarolar uchun qulay xizmatlarni taqdim etishda muhim omil hisoblanadi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon davlat boshqaruvini yangilash va zamonaviylashtirish borasida izchilislohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi,elektron hukumat tizimining rivojlantirilishi, davlat xizmatlarining onlayn shaklda keng joriy etilishi va ochiq ma’lumotlarplatformasining kengayishi Agile yondashuvlarini tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan,mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida Agile davlat boshqaruvining kelajak istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSayfiyev, Jasur
JurnalМуҳандислик ва Иқтисодиёт
Nashr sanasi2025-09-01
Jild3
Son9
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Agile, davlat boshqaruvi, innovatsion yondashuv, raqamlashtirish, samaradorlik, O‘zbekiston

Ilmiy soha

Муҳандислик ва Иқтисодиёт jurnalidan boshqa maqolalar

Муҳандислик ва Иқтисодиёт — barcha maqolalar