Qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lgan ayollarda mineral almashinuv buzilishlari va osteoporoz xavfi

Xaitov, Akbar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Qalqonsimon bez kasalliklari reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin patologiyalardan biri hisoblanadi. Gipotireoz va strumektomiyadan keyingi holatlarda kalsiy-fosfor almashinuvi, D vitamini metabolizmi hamda suyak remodellanish jarayonlarida muhim o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu esa osteopeniya va osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi. Maqsad: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda suyak to‘qimasi holati, mineral almashinuv ko‘rsatkichlari hamda gormonal osteoporoz rivojlanish xususiyatlarini baholash. Material va usullar: tadqiqotga reproduktiv va perimenopauza yoshidagi gipotireoz hamda strumektomiyadan keyingi bemorlar jalb qilindi. Barcha ayollarda kalsiy, fosfor, D vitamini, paratgormon, tireotrop gormon (TTG) va erkin T4 ko‘rsatkichlari aniqlandi. Suyak mineral zichligi densitometriya usuli yordamida baholandi. Natijalar: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi bemorlarda D vitamini tanqisligi, kalsiy miqdorining pasayishi hamda paratgormon darajasining oshishi kuzatildi. Densitometriya natijalari osteopeniya va osteoporoz uchrash chastotasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Suyak mineral zichligi ko‘rsatkichlari TTG darajasi va D vitamini konsentratsiyasi bilan korrelyatsion bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Xulosa: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda gormonal osteoporoz rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, kalsiy-fosfor almashinuvi hamda D vitamini holatini muntazam nazorat qilish zarur hisoblanadi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXaitov, Akbar
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-06-15
Jild2
Son3
Betlar396-401
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

gipotireoz, strumektomiya, gormonal osteoporoz, D vitamini, kalsiy

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXaitov, Akbar (2026). QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 396-401. http://journal.urdti.uz/index/article/view/659
GOST (OAK)Xaitov, Akbar QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 3. – B. 396-401.
MLAXaitov, Akbar. “QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 396-401, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/659
ChicagoXaitov, Akbar. “QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 396-401 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/659
HarvardXaitov, Akbar (2026) ‘QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 396-401. http://journal.urdti.uz/index/article/view/659
BibTeX
@article{xaitovakbar2026,
  title = {QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI},
  author = {Xaitov, Akbar},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {3},
  pages = {396-401},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/659}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Xaitov, Akbar — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari