Farg‘ona vodiysi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlari tuproqlaridagi gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy ta’minlanganlik miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritogrammalar tuzish (Farg‘ona Viloyati dang‘ara tumani tuproqlari MI

Mo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, Osmanov Shokirjon

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yеr maydonlarining har yili 20% dan kam bo‘lmagan maydonlarida agrokimyoviy izlanishlarni o‘tkazish asosida tuproqlarning gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash va shu asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining yillik mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy asosini ishlab chiqishga qaratilgan. Buning natijasida tuproqlar unumdorligi, ekinlar hosildorligi va tabiatda oziqa elementlar muvozanatini ijobiy bo‘lishiga imkon yaratiladi. Parvarishlanadigan o‘simliklar oziqlanish jarayonida tuproq o‘g‘it bilan, tuproq+o‘simlik o‘g‘it bilan, tuproq+o‘g‘it o‘simlik bilan o‘zaro bog‘lanadi. Mazkur jarayon quyidagi ob’ektlarning o‘zaro ta’sir natijasida olinadigan hosilning miqdorini va sifatini belgilaydi. “Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it” orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish asosidagina ekinlarning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy asoslangan yillik me’yorlarini belgilash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan respublikamizda ham intensiv dehqonchilik rivojlanib, yangi bosqichga chiqdi va shu narsa aniq bo‘ldiki, еr kurrasining barcha miqtaqalarida asosan o‘simliklar tuproq (99,6%) sharoitida еtishtiriladi. Shuning uchun ham har bir gektardan olinadigan hosil miqdorini oshiribgina aholini xavfsiz ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin ekanligi ilmiy asoslandi. Bu esa zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish orqali ekinlar hosildorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Mineral o‘g‘it qo‘llashdan oldin tuproqlar tarkibidagi o‘simlik ildizi joylashgan, ya’ni tuproqlarning haydov qatlamida tarqalgan oziqa elementlarning (N, P, K, ... va boshqalar) harakatchan shakldagi miqdorlarini bilib olish zarur. Chunki ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproqlar tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq elementlarning еtishmaydigan qismini mineral o‘g‘itlar hisobidan to‘ldiriladi. Shuning uchun mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlarini belgilashda agrokimyoviy xaritanomalar asosida belgilash va ushbu tizimni yana qaytadan yo‘lga qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Agrokimyoviy xaritanomalar asosida o‘g‘it me’yorlarini belgilash, nafaqat ekinlar hosildorligini, balki, tuproqlar unumdorligini hamda o‘g‘it samardorligini ham ko‘taradi, pirovardida barcha еrdan foydalanuvchilarning iqtisodi tejaladi, sug‘orma dehqonchilik qilinayotgan ekin yеr maydonlarini unumdorligi saqlanadi va tabiatda oziqa elementlar muvozanati yildan-yilga yaxshilanadi. Ma’lumki, keyingi yillarda g‘o‘za va kuzgi bug‘doy ekinlari katta maydonlarda еtishtirilmoqda va ularning hosillari bilan tuproqlar tarkibdan ko‘plab oziqa elementlar chiqib ketmoqda. Faqatgina ildiz va to‘kilgan barglar tarkibidagi oziqa elementlar tuproqlar tarkibiga qaytmoqda. Bunday hollarda tuproqlarga еtarli miqdorda mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llanilmasa, olib chiqib ketilayotgan oziqa elementlarining o‘rni to‘ldirilmay qoladi va uning natijasida tuproqlar unumdorligiga jiddiy ta’sir o‘tkazib ularning unumdorligini pasayib ketishiga olib keladi. Tuproqlarning xossa-xususiyatlarini, ya’ni fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarini aniqlash – dexqonchilikda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlardan samarali va oqilona foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, tuproqlar tarkibidagi oziqa elementlarning umumiy miqdorini o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradi va ularning umumiy shakldan oson o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishi hamda sodir bo‘ladigan teskari jarayon o‘simliklarning oziqlanish sharoitini belgilaydi. Tuproq tarkibida o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan oziqa moddalar miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi, aks holda ko‘proq o‘g‘it qo‘llashni taqazo etadi. Oziqlanish jarayonida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaqqol namoyon bo‘ladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, Osmanov Shokirjon
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashriyot«Ўзагрокимёҳимоя» АЖ
ISSN2181-8150
Nashr sanasi2026-04-01
Son1
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
DOI10.63241/2026161akhv
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, & Osmanov Shokirjon (2026). FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1). https://doi.org/10.63241/2026161akhv
GOST (OAK)Mo‘ydinov Xoshimjon va b. FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 1. – DOI: 10.63241/2026161akhv.
MLAMo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, and Osmanov Shokirjon. “FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1), 2026. https://doi.org/10.63241/2026161akhv
ChicagoMo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, and Osmanov Shokirjon. “FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1) (2026). https://doi.org/10.63241/2026161akhv
HarvardMo‘ydinov Xoshimjon, Normatov Abdulxay, Husanov Mirzaolim, Mahmudova Guluziro, and Osmanov Shokirjon (2026) ‘FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (1). https://doi.org/10.63241/2026161akhv
BibTeX
@article{moydinovxoshimjon2026,
  title = {FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI},
  author = {Mo‘ydinov Xoshimjon and Normatov Abdulxay and Husanov Mirzaolim and Mahmudova Guluziro and Osmanov Shokirjon},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year = {2026},
  number = {1},
  doi = {10.63241/2026161akhv},
  url = {https://doi.org/10.63241/2026161akhv}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Mo‘ydinov Xoshimjon — boshqa maqolalari

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari