Zarafshon milliy tabiat bog‘ida chakanda (hippophae rhamnoides l.) zararkunandalariga Qarshi kurashda pestitsidlar yuklamasini kamaytirishning ekologik xavfsiz usullari

Malikov Dilshod

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Zarafshon milliy tabiat bog‘i sharoitida chakandaning (Hippophae rhamnoides L.) tabiiy populyatsiyalarini asosiy zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy yuklamani kamaytirish va himoya tizimini ekologizatsiyalash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda Rossiyaning Sibir mintaqasi tajribasidan foydalangan holda, organik kislotalar asosidagi biologik faol qo‘shimcha (BFQ), tabiiy birikmalardan olingan "Afidin" hamda biologik asosli "Fitoverm" preparatlarini qo‘llash samaradorligi tahlil qilindi. Aniqlanishicha, BFQning qo‘llanilishi "Fitoverm" va "Aktellik" preparatlarining sarf me’yorini, ularning entomologik samaradorligini pasaytirmagan holda, 2–2,5 baravargacha kamaytirish imkonini beradi. Muhofaza etiladigan hudud hisoblangan milliy bog‘ ekotizimi uchun bu usul mevalardagi toksik qoldiqlarni 2,2–4 baravargacha kamaytirishi va mutlaqo ekologik xavfsiz mahsulot yetishtirishni ta’minlashi bilan ahamiyatlidir. Zarafshon vohasining quruq-issiq iqlimi sharoitida ushbu uslub o‘simlikning stressga chidamliligini oshirib, hosildorlikni 138–150% gacha ko‘paytirishga xizmat qiladi. Zararkunandalarga qarshi kurashda "Aktellik" chakanda pashshasi va burgasiga qarshi 95,8–100%, "Fitoverm" esa kanalarga qarshi 98,9–100% lik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, "Afidin" preparati aynan Zarafshon vohasida keng tarqalgan yashil chakanda shirasiga (Capitophorus hippophaes) qarshi samarali vosita sifatida tavsiya etiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMalikov Dilshod
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashriyot«Ўзагрокимёҳимоя» АЖ
ISSN2181-8150
Nashr sanasi2026-04-23
Son3
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
DOI10.63241/akhvvol118y2026iss3m6
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMalikov Dilshod (2026). ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (3). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m6
GOST (OAK)Malikov Dilshod ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 3. – DOI: 10.63241/akhvvol118y2026iss3m6.
MLAMalikov Dilshod. “ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (3), 2026. https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m6
ChicagoMalikov Dilshod. “ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (3) (2026). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m6
HarvardMalikov Dilshod (2026) ‘ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (3). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m6
BibTeX
@article{malikovdilshod2026,
  title = {ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI},
  author = {Malikov Dilshod},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year = {2026},
  number = {3},
  doi = {10.63241/akhvvol118y2026iss3m6},
  url = {https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m6}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Malikov Dilshod — boshqa maqolalari

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari