BO‘RDOQILINAYOTGAN QO‘ZILARNING FITOBIOTIK TA’SIRIDA TIRIK VAZN DINAMIKASI VA ULARNING TEZ YETILUVCHANLIGI

Sharifov Davlatjon, Yangiboyev Abdumalik, Xolbo‘tayev Ilyosjon

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘rdoqilinayotgan qo‘zilarning tirik vazn dinamikasi va tez yetiluvchanligiga fitobiotik qo‘shimcha – “ФИТОС” preparatining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda qo‘zilar 3 guruhga ajratilib, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhlariga 5 g va 10 g miqdorda fitobiotik qo‘shib berildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “ФИТОС” qo‘llanilishi qo‘zilarning mutloq va o‘rtacha sutkalik o‘sishini sezilarli darajada oshiradi, ozuqa moddalari hazmlanishini yaxshilaydi hamda tez yetiluvchanligini ta’minlaydi. Eng yuqori samaradorlik 5 g/bosh/kunda dozada kuzatildi. Shuningdek, tirik vazn o‘sish ko‘rsatkichlarining barqarorligi va guruh ichidagi individual farqlarning kamaygani aniqlanib, fitobiotiklardan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSharifov Davlatjon, Yangiboyev Abdumalik, Xolbo‘tayev Ilyosjon
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashr sanasi2026-06-01
Son4
TilO‘zbek
DOI10.63241/akhvvol119y2026iss4m45

Ilmiy soha

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar