Qurilmada ko‘paytirilgan bracon hebetor say avlodlarining asosiy biologik ko‘rsatkichlarini baholash

Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta mum parvonasi (Galleria mellonella L.)ning oxirgi yoshdagi qurtlaridan foydalanildi. Yaratilgan qurilmada va an’anaviy usulda ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say avlodlarining parazitlash faolligi, avlod mahsuldorligi, imagolar chiqishi, jinslar nisbati hamda saqlashdan keyingi reproduktiv ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Natijalarga ko‘ra, maxsus qurilmada parazitlangan xo‘jayin qurtlar soni 191,4 donani tashkil etib, an’anaviy usulga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bir dona parazitlangan qurtdan chiqqan imagolar soni o‘rtacha 10,7 tani tashkil etgan bo‘lsa, an’anaviy usulda bu ko‘rsatkich 8,4 taga teng bo‘lgan. Qurilmada jami 2047,9 dona imago olinib, an’anaviy usulga nisbatan 33 % ko‘proq biomaterial yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, urg‘ochi imagolar ulushi 7,9:2,1 nisbatda shakllanib, entomofagning reproduktiv salohiyati yuqori ekanligi aniqlangan. Entomofaglarni saqlashda +10°C harorat rejimi eng maqbul sharoit ekanligi belgilandi hamda ushbu haroratda saqlangan avlodlarda eng yuqori pushtdorlik ko‘rsatkichlari qayd etildi. Olingan natijalar maxsus qurilmaning Bracon hebetor Say parazitini biolaboratoriya sharoitida samarali ommaviy ko‘paytirish va saqlash uchun texnologik jihatdan istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashriyot«Ўзагрокимёҳимоя» АЖ
ISSN2181-8150
Nashr sanasi2026-06-22
Son5
TilO‘zbek
Ilmiy sohaQishloq xo‘jaligi
DOI10.63241/akhvvol120y2026iss5m128
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASulaymonov Botirjon, & Baxodirov Ulug‘bek (2026). QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m128
GOST (OAK)Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 5. – DOI: 10.63241/akhvvol120y2026iss5m128.
MLASulaymonov Botirjon, and Baxodirov Ulug‘bek. “QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5), 2026. https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m128
ChicagoSulaymonov Botirjon, and Baxodirov Ulug‘bek. “QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH.” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5) (2026). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m128
HarvardSulaymonov Botirjon, and Baxodirov Ulug‘bek (2026) ‘QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5). https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m128
BibTeX
@article{sulaymonovbotirjon2026,
  title = {QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH},
  author = {Sulaymonov Botirjon and Baxodirov Ulug‘bek},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year = {2026},
  number = {5},
  doi = {10.63241/akhvvol120y2026iss5m128},
  url = {https://doi.org/10.63241/akhvvol120y2026iss5m128}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Sulaymonov Botirjon — boshqa maqolalari

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa maqolalar

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi OAK jurnallari