<p><em>Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarni hayotga tatbiq etishda turli xil mulk shakllarini yaratish va ularni samarali qo‘llash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kooperativ korxonalar aholini keng iste'mol mollari bilan ta'minlashda va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xususan, tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi birlashmalarida mustaqil va o‘zaro bog‘liq korxonalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperation birlashishi institutini yaratish, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasini rivojlantirish kabi masalalarni hal etishda tarixiy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishlab chiqarish kooperativlari faoliyati va ularning hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni va roli masalalarini yangi metodologik nuqtai nazardan tadqiq etilishi qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Sovet hukumati tomonidan artellarga halq iste'mol mollari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kooperativ savdosini kengaytirish haqida topshiriq berildi.Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda faoliyat olib borgan ishlab chiqarish kooperativlarining hududning iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, keng iste'mol mollarini ishlab chiqarishdagi roli va ularning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilib, ma'lumotlar tahlil qilingan.</em></p>
| Mualliflar | Dadamirzayeva, Gulchexra |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2023-07-11 |
| Jild | 28 |
| Son | 2 |
| Betlar | 88-92 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.56292/sjfsu/vol28_iss2/a16 |
DOI: 10.56292/sjfsu/vol28_iss2/a16 · Maqolaning asl sahifasi
Kooperativ harakat, Ikkinchi jahon urushi, bozor iqtisodiyoti, artel, nogironlar, nogironlar kooperativ uyushmasi, mahalliy xom ashyo, xususiy tadbirkorlik, ishlab chiqarish kooperativi., Cooperative movement, World War II, market economy, artel, disabled people, cooperative Union of the disabled, local raw materials, private enterprise, production cooperative
Ushbu maqolada faoliyat yuzasidan uyushgan kishilar jamoasi, shuningdek, muassasa, tashkilot va korxonalar atoqli oti bo‘lgan ergonimlar haqida so‘z boradi. Ergonimlar universal onomastik xususiyatlar bilan bir qatorda…
Ushbu maqolada Amir Temur hamda Oltin O ‘ rda hukmdori To ‘ xtamishxon o ‘ rtasida olib borilgan diplomatik munosabatlarining manbashunosligiga doir ayrim fikr - mulohazlar bayon etilgan . Shuningdek ikki hukmdor o ‘…
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo tarixida muhim o'rin tutgan qadimgi Farg'ona (Davan, Day-yuan) davlatining samoviy tulporlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada arxeolog olimlar A.N.Bernshtam va…
Maqolada O‘zbekiston va Belarusning 1991-2000 yillardagi savdo-iqtisodiy munosabatlari yoritilgan.O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridan boshlab demokratik bozor iqtisodiyotiga o‘tish va iqtisodiy jihatdan…
Maqolada vodiy viloyatlari qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida aholini ijtimoiy himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash, ularga moddiy ko‘mak berish, ijtimoiy nafaqa va pensiyalar bilan o‘z vaqtida…
Mazkur maqolada qadimgi Farg‘ona mudofaa inshootlarining O‘rta Osiyo urbanizatsiya jarayoni rivojlanishidagi o‘rni, ularning xususiyatlari, ko‘rinishlari, tarixiy holatlari Chust madaniyatiga tegishli bo‘lgan so‘nggi…
Ushbu maqoladan bosh maqsad Sh.Sulaymonning hayot yo‘li orqali Turkiston taraqqiyoti uchun qo‘shgan hissasini yoritib berishdan iborat. U XX asrning 20-30 yillarida ijtimoiy-madaniy hayot, xususan, o‘zbek adabiyotida…
Mazkur maqolada yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga…
Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida rangning g‘oyaviy yo‘nalishni tashkillashdagi ahamiyati masalasi Shoyim Bo‘taevning “Qora tuman” hikoyasi misolida ko‘riladi. Tadqiqot davomida tarixiy-adabiy, genetik, qiyosiy-tarixiy…
Ushbu maqolada mustaqilikning dastlabki yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini turmush darajasini yaxshilash…