Nikoh urf-odatlari bilan bog‘liq kiyimlarning to‘y qo‘shiqlaridagi poetik talqini

Shomurodova, Sunbula

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq kiyim-kechaklar obrazi anʼanaviyligi, turg‘un ramziy obraz sifatida kelishi haqida so‘z yuritilgan. Liboslar o‘zbek folklorida real va ramziy maʼnolarda sevgi, oila, farzand, hosildorlik g‘oyalari, maishiy turmush bilan bog‘lab keltiriladi. Hamda har bir xalq qo‘shig‘i ijtimoiy turmush tarzidan darak beradi. Ko‘pincha marosim qo‘shiqlarida eski va yangi turmushga xos predmet va buyumlar ham qiyoslanib keladi. Umumxalq tili leksik boyligining ajralmas qismini tashkil etgan kiyim-kechak nomlari nafaqat badiiy ifoda bilan keladi, balki o‘z atalish xususiyatlari mavjudligini isbotlab beradi. Shuningdek, kiyim-kechaklardagi etak, belbog‘, yoqa kabi yordamchi qismlar ham o‘zining ramziy maʼnosiga egadir. Ular muayyan badiiy-estetik vazifalarni ifodalagan. Nikoh marosimida kelin va kuyov kiyadigan liboslar tarkibida ko‘rsatib o‘tilgan mato turlari qo‘shiqda uchraydigan lirik qahramonning qaysi tabaqa vakilidan bo‘lganligini obrazlantirish vositasi bo‘lib ham ko‘rsatib beradi. Xususan, xalq lirikasida jinslar sevgisi, oila, farzand, do‘st-dugonalar, ota-onaga mehr-muhabbat tuyg‘ularini aks ettirishda kiyim-kechak obrazlari alohida o‘ringa egaligi tarixiy-madaniy hamda qiyosiy-analitik metodlar orqali yoritib berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShomurodova, Sunbula
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-11-16
Jild29
Son3
Betlar198-198
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

“Etak yirtar”, “oqlik”, “sovchilik”, “ro‘mol o‘rash”, “qalliq o‘yini”, “to‘qqiz bichish”, “fotiha”, chimildiq, “beshik kerti”, “Tear the skirt”, “whiteness”, “matchmaking”, “wrapping a scarf”, “residue game”, “nine cutting”, chimildiq, “beshik kerti”

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShomurodova, Sunbula (2023). NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 198-198. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198
GOST (OAK)Shomurodova, Sunbula NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 3. – B. 198-198. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198.
MLAShomurodova, Sunbula. “NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 198-198, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198
ChicagoShomurodova, Sunbula. “NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 198-198 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198
HarvardShomurodova, Sunbula (2023) ‘NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 198-198. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198
BibTeX
@article{shomurodovasunbula2023,
  title = {NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI},
  author = {Shomurodova, Sunbula},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {3},
  pages = {198-198},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a198}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Shomurodova, Sunbula — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari