<p><em>Maqolada daraxt poyalari chiqindilari asosida faollantirilgan ko‘mir adsorbentlar (FK) olish usullari o‘rganilgan. Ushbu turdagi adsorbentlardan suyuq va gaz fazada qo‘chimcha moddalarni adsorbsiyalash uchun foydalanish ahamiyatga ega. Shu maqsadda Respublikamiz hududida o‘sadigan chinor, yasen, gilos, yong‘oq va o‘rik daraxti poyasi chiqindilaridan FK adsorbentlar tayyorlandi hamda ularning fizik-kimyoviy, kolloid xossalari tadqiq etildi. Buning uchun dastlab o‘simlik biomassasi termik hamda bug‘-gaz faollantirish usullari yordamida FC namunalari olindi. Tayyorlangan namunalarning benzol bug‘lari bilan adsorbsiyasi o‘rganildi. Adsorbsiya izotermalari va BET nazariyasi asosida namunalarning adsorbsion xossalari (to‘yinish adsorbsiyasi, monoqavat sig‘imi, solishtirma sirt yuzasi) ko‘rsatkichlari hamda ularning o‘zgarishi batafsil yoritilgan. MHTN asosida FKlarning to‘yinish adsorsiya hajmi, mezzo va mikro g‘ovaklar hajmlari aniqlandi. Bundan tashqari g‘ovaklarning o‘rtacha radiusi, </em><em>adsorbsiya va desorbsiya jarayoni mexanizmlari, ya</em><em>’</em><em>ni adsorbentga adsorbtivni yutilishiga bog‘liq farazlar hamda faollantirish haroratiga adsorbsiya miqdorini bog‘liqligi haqida fikrlar bayon etilgan. FK namunalarning benzol bug‘i adsorbsiyasi natijalariga ko‘ra, chinor daraxti poyasi chiqindilaridan 800 <sup>o</sup>С da (xavosiz sharoitda piroliz usuli bilan) suv bug‘i bilan 1,5 soat davomida faollantirib olingan ko‘mir adsorbentining adsorbsiya miqdori, g‘ovaklar hajmi qolgan namunalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu FK namunalarini kimyo sanoatning turli sohalarida ishlab chiqarish mahsulotlarini organik birikmalardan tozalash maqsadida adsorbent sifatida ishlatish mumkin.</em></p>
| Mualliflar | Payg‘amov, Raximjon, Xoshimov, Shaxrom, Raxmonaliyeva, Nulufar, Eshmetov, Izzat |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2023-11-28 |
| Jild | 29 |
| Son | 4 |
| Betlar | 58-64 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.56292/sjfsu/vol29_iss4/a76 |
DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss4/a76 · Maqolaning asl sahifasi
faollantirilgan ko‘mir, benzol, adsorbsiya, solishtirma sirt yuza, termik faollantirish, monoqavat sig‘imi, g‘ovaklik., activated carbon, benzene, adsorption, specific surface area, thermal activation, porosity, monolayer capacity.
Ushbu maqolada Lavanda o‘simligining makro- va mikroelement tarkibini AVIO 200 optik emission spektrometr yordamida eksperimental aniqlangani va ushbu dorivor o‘simlikning xalq tabobatida qo‘llash o‘rinlari aytib…
Ushbu maqola valeriana o‘simligining kimyoviy tarkibi YSSX yordamida o‘rganilib, muhim flavonoidlar tarkibi eksperimental yo‘l bilan aniqlanganligi haqida. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida xalq tabobatida aholi…
Ushbu maqola O‘zbekiston xududlarida uchrovchi “Oltin tomir” dorivor o‘simligining flavonoid tarkibini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida eksperimental yo‘l bilan o‘rganilganligi haqida. Oltin…
Mitoxondriya membranalarining fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning ichki membranasi ma’lum birikmalarni, masalan, dorivor moddalarni tanlab o‘tkazadi. Farmakologik agentlari mitoxondriya…
Maqolada jig‘ildon qaynashi kasalliklarini kelib chiqishi sabablari, bu kasallikni davolashda ishlatiladigan bir necha zamonaviy dori-darmonlar va ularning organizmga tasiri hamda xalq tabobatida foydalanilgan dorivor…
Annotatsiya Ushbu maqolada mochevina nitrat tuzi va nitrat kislota eritmalarining Markaziy Qizilqum past sifatli fosforitlariga ta’siri va ular mahsulotlarining rentgen fazaviy analiz natijalarining tahlili keltirilgan…
Ushbu maqolada oshqozon-ichak yarasi kasalligining ayrim kelib chiqish sabablari, uni davolashda qo‘llaniladigan sintetik preparatlar haqida bayon qilingan. “Аs-АN” deb nomlanuvchi yangi oziq-ovqat qo‘shilmasining…
Ushbu maqolada mamlakatimizda sellyuloza erituvchilar qanday ta’sir ko‘rsatishi, qaysi erituvchilar sellyulozaga qanday ta’sir qilishi, bu borada qilingan ishlar, eng samarali va havfsiz bo‘lgan erituvchilarni aniqlash…
Alginatlar suv o‘tlari, ayrim bakteriya va moxlar tarkibida uchraydigan tabiiy biopolimerlardir. Ularning hosilalari gidrokolloid sifatida oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik va kosmetika sanoatida emulsifikator…
Ziziphus jujuba o‘simligi xalq tilida chilonjiyda deb atalib, qadimdan xalq tabobatida ishlatilib kelingan. U ham to‘yimli va ozuqabop, xam shifobaxsh. Maqolada chilonjiyda – unabining kelib chiqish tarixi, dorivor…