Yozyovon tabiat yodgorligida qayd etilgan tangachalilar turkumi (squamata) vakillarining sistematikasi

Zokirova, Gulnora, Yo‘ldashev, Shohruh

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Farg‘ona viloyatining Yozyovon hududi gerpitofaunasini o‘rganish maqsadida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bioxilma-xillikka boy bo‘lgan O‘zbekiston sudralib yuruvchilarini uzoq vaqtdan buyon o‘rganilmaganligi, tur tarkibi, muhofazaga molik turlarning hozirgi statistik holati haqida ma’lumotlarning yetishmasligi ularni atroflicha o‘rganish zaruratini ko‘rsatdi. Kuzatuv tadqiqotlarimiz natijasida “Yozyovon tabiat yodgorligi”da tangachalilar (Squamata) turkumiga oid ilonlar kenja turkumi ( Serpentes) ning ayrim vakillari qayd etildi. Xususan, suvilonlar oilasi (Colubridae)ga oid 2 tur: Suvilon ( Natrix tesellata Laurenti,1768.) va o‘q ilon (Psammophis lineolatum Brandt,1838.) namunalari ushlanib o‘rganilgan bo‘lsa, Bo‘g‘ma ilonlar oilasi (Boidae)ga mansub 2 tur: Sharq bo‘g‘ma ilonchasi (Eryx tataricus Lixtenshteyn,1823.) va Qum bo‘g‘ma ilonchasi ( Eryx miliaris Pallas,1773) qayd etildi, o‘rganildi va muhofazaga olingan turlar bo‘lganligi sababli yana ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Tangachalilar turkumining kaltakesaksimonlar (Lacertilia) kenja turkumiga oid 4 tur qayd etildi. Ular chiziqli kaltakesakcha (Eremias lineolata Nikolskii,1897), o‘rtacha kaltakesakcha (Eremias intermedia Strauch,1876 ), ildam kaltakesakcha (Eremias velox Pallas,1771) va tojik kaltakesakchasidir (Eremias regeli Bedriagai,1905).

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZokirova, Gulnora, Yo‘ldashev, Shohruh
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-12-31
Jild29
Son6
Betlar124-124
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Yozyovon tabiat yodgorligi, Serpentes, Colubridae, Boidae, Natrix tesellata L., Psammophis lineolatum Brandt, Eryx tataricus Licht, Eryx miliaris Pallas, suvilon, o‘q ilon, Qum bo‘g‘ma ilonchasi, Sharq bo‘g‘ma ilonchasi, Eremias lineolata Nikolskii, Eremias intermedia Strauch, Eremias velox Pallas, Eremias regeli Bedriagai., Yazyavan natural monument, Serpentes, Colubridae, Boidae, Natrix tesellata L., Psammophis lineolatum Brandt, Eryx tataricus Licht, Eryx miliaris Pallas, Dice snake, Sand racer, Tatar sand boa, Desert sand boa, Eremias lineolata Nikolskii, Eremias intermedia Strauch, Eremias velox Pallas, Eremias regeli Bedriagai

Iqtibos keltirish

APAZokirova, Gulnora, & Yo‘ldashev, Shohruh (2023). YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 124-124. https://journal.fdu.uz/main/article/3708
GOST (OAK)Zokirova, Gulnora, Yo‘ldashev, Shohruh YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 6. – B. 124-124.
MLAZokirova, Gulnora, and Yo‘ldashev, Shohruh. “YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 124-124, 2023. https://journal.fdu.uz/main/article/3708
ChicagoZokirova, Gulnora, and Yo‘ldashev, Shohruh. “YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 124-124 (2023). https://journal.fdu.uz/main/article/3708
HarvardZokirova, Gulnora, and Yo‘ldashev, Shohruh (2023) ‘YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 124-124. https://journal.fdu.uz/main/article/3708
BibTeX
@article{zokirovagulnora2023,
  title = {YOZYOVON TABIAT YODGORLIGIDA QAYD ETILGAN TANGACHALILAR TURKUMI (SQUAMATA) VAKILLARINING SISTEMATIKASI},
  author = {Zokirova, Gulnora and Yo‘ldashev, Shohruh},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {6},
  pages = {124-124},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3708}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Zokirova, Gulnora — boshqa maqolalari