“Ruxning kompleks birikmasi”

Abduraxmonov, Sayfiddin, Umarov, Baqo

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Para-[di-1,4-(4,4,4-triftorbutandion-1,3)]–benzol tiosemikarbazonining olinishi, element analizi natijasi, tautomer shakllari, tuzilishi va uning Zn(II) ioni bilan kompleks birikmasi sintezi yoritilgan. Olingan ligand hamda kompleks birikma tuzilishi infraqizil (IQ) spektroskopiya yordamida aniqlandi. Zn₂C₁₆H₁₆F₆N₈O₂S₂ molekulasi biyadroli tekis-kvadrat tuzilishga ega. Ruxning koordinatsion soni to‘rtga teng bo‘lib, uning koordinatsion qurshovidagi uchta o‘rinni H₄L¹ ligandining N,O,S atomlari to‘rtinchisini NH₃ molekulasi band etgan. Para-[di-1,4-(4,4,4-triftorbutandion-1,3)]-benzol tiosemikarbazoni tarkibida N,O,S donor atomlar tutgan bis-tridentat ligand sifatida ko‘pchilik oraliq metallar ionlari bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Bu ligand kimyo sanoatida juda muhim muammolarni hal etishi bilan ahamiyatli. Siyrak yer metallarini ajratib olish, sanoat oqava suvlarini tahlil qilish va tozalash, qattiq tuproq qoplamalarini ochish, dori darmonlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun biostimulyatorlar sintez qilish, o‘simlik zararkunandalariga qarshi kimyoviy perparatlar tayyorlash shular jimlasidandir.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAbduraxmonov, Sayfiddin, Umarov, Baqo
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-12-31
Jild29
Son6
Betlar98-98
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Tiosemikarbazon, N, O, S, donor atomlar, kompleks birikma, koordinatsion son, infraqizil (IQ) spektroskopiya, biostimulyator., Thiosemicarbazone, N, O, S, donor atoms, complex compound, coordination number, infrared (IR) spectroscopy, biostimulator.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAbduraxmonov, Sayfiddin, & Umarov, Baqo (2023). “RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI”. FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 98-98. https://journal.fdu.uz/main/article/3734
GOST (OAK)Abduraxmonov, Sayfiddin, Umarov, Baqo “RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI” // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 6. – B. 98-98.
MLAAbduraxmonov, Sayfiddin, and Umarov, Baqo. ““RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI”.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 98-98, 2023. https://journal.fdu.uz/main/article/3734
ChicagoAbduraxmonov, Sayfiddin, and Umarov, Baqo. ““RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI”.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 98-98 (2023). https://journal.fdu.uz/main/article/3734
HarvardAbduraxmonov, Sayfiddin, and Umarov, Baqo (2023) ‘“RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI”’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 98-98. https://journal.fdu.uz/main/article/3734
BibTeX
@article{abduraxmonovsayfiddin2023,
  title = {“RUXNING KOMPLEKS BIRIKMASI”},
  author = {Abduraxmonov, Sayfiddin and Umarov, Baqo},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {6},
  pages = {98-98},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3734}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Abduraxmonov, Sayfiddin — boshqa maqolalari

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari