Lingvomadaniyatshunoslik: lingvokulturеma va logoepistеma

Axrorova, Ruzixon

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Lingvomadaniyatshunoslik tilda mavjud insonning madaniy omiliga, ikkinchi tomondan, insondagi lisoniy omilga yo‘naltirilgan hamda lingvomadaniyatshunoslik inson haqidagi fanning bir qismidir, uning o‘ziga jalb qiluvchi markazi madaniyat fenomenidir. Lingvomadaniyatshunoslik XX asrning oxirgi choragida, tilshunoslikdagi antropologik paradigma mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Shunday qilib, lingvomadaniyatshunoslikning paydo bo‘lishi XX-XX1 asrlarning falsafiy va lingvistik nazariyalari taraqqiyotining qonuniy natijasidir.V.A.Maslovaning darsligi bu fan bo‘yicha eng ommabop ish hisoblanadi. Unda lingvomadaniyatshunoslik fanining metodologik asosi keltiriladi va Rossiyadagi lingvomadaniy tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari bayon qilinadi. Muallif “lingvistika va madaniyatshunoslikning tutashgan joyida vujudga kelgan tilshunoslikning sohasi” degan fikrni bildirib, lingvomadaniyatshunoslikning fanlararo xarakterini ta’kidlaydi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “lingvomadaniyatshunoslik - milliy jonli tilni o‘zida mujassamlantirgan va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fan, yoki “madaniyatshunoslik va tilshunoslik, etnolingvistika va antropologiyaga oid tadqiqotlar natijasini o‘z ichiga oladigan bilimlarning integrativ sohasidir”. Til va madaniyatning lisoniy xususiyatlarini lingvomamlakatshunoslik yondashuv doirasida o‘rganish jarayonida kulturema tushunchasi tavsiya qilingan. Demak, til madaniyat ko‘zgusi sifatida xalqlarning o‘zligini, mentalitetini milliy xarakterini, urf-odatlarini, qadriyatlarini ifodalovchi vosita hisoblanib, barcha milliy qadriyatlarni lingvokulturema va logoepistema tushunchalari orqali yuzaga chiqaradi va bu har ikkala tushuncha-termin ham o‘ziga tegishli ilmiy paradigmada qo‘llanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAxrorova, Ruzixon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-12-31
Jild29
Son6-
Betlar43-43
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

logoepistema, milliy-madaniy tarix, milliy madaniyat, g‘oyalar tizimi, lingvistik madaniyat, belgilar, tizimli, tilshunoslik, fenomen, fan, lingvomadaniyatshunoslik, ning birikuvi kuzatiladi., logoepistema, national-cultural history, national culture, system of ideas, linguistic culture, signs, systematic, linguistics, phenomenon, science, linguo-cultural studies.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAxrorova, Ruzixon (2023). LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA. FarDU ilmiy xabarlari, 29(6-), 43-43. https://journal.fdu.uz/main/article/3578
GOST (OAK)Axrorova, Ruzixon LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 6-. – B. 43-43.
MLAAxrorova, Ruzixon. “LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6-), 43-43, 2023. https://journal.fdu.uz/main/article/3578
ChicagoAxrorova, Ruzixon. “LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6-), 43-43 (2023). https://journal.fdu.uz/main/article/3578
HarvardAxrorova, Ruzixon (2023) ‘LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(6-), 43-43. https://journal.fdu.uz/main/article/3578
BibTeX
@article{axrorovaruzixon2023,
  title = {LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA},
  author = {Axrorova, Ruzixon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {6-},
  pages = {43-43},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3578}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Axrorova, Ruzixon — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari